Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:29

O‘zbekiston tashqi siyosatini Kreml belgilay boshladimi?


O‘zbekiston BMTda Qrimdagi inson huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Shundan kelib chiqib¸ O‘zbekiston tashqi siyosatini Kreml belgilay boshladimi? degan savol o‘rtaga chiqdi. Bu savol Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida muhokama qilindi.

Eshittirishda qatnashgan Mustafo Jamil «O‘zbekiston Moskvadagi "katta og‘a"sining nog‘orasiga o‘ynayapti» deya ta’kidladi.

Ukraina Oliy Radasi deputati, Qrim tatarlari lideri Mustafo Jamil "Qurultoy" dasturida Rossiyaning Qrimdagi siyosati qoralangan BMT rezolyutsiyasiga O‘zbekiston qarshi ovoz berganiga taassuf bildirdi.

“O‘zbekistonda o‘zgarishlar bo‘layapti, deb aytishayotgandi, afsuski yaxshi tomonga hech qanday o‘zgarish bo‘lmabdi. BMTda Qrim masalasida bunday ovoz berishi O‘zbekistonning hali ham Rossiyaga siyosiy qaramligi ifodasidir. Bir qator davlatlar qatori O‘zbekiston ham Moskvadagi katta og‘asi nog‘orasiga o‘ynayapti”, - dedi Mustafo Jamil.

Ўзбекистон ташқи сиëсатини кремл белгилай бошладими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:37:48 0:00
Бевосита линк

BMT Bosh assambleyasining ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi Qrim yarim orolida inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan Ukraina tayyorlagan rezolyutsiya loyihasini qabul qildi

Ta’kidlanishicha, rezolyutsiya loyihasini 75 ta davlat qo‘llab-quvvatlagan, 25 mamlakat unga qarshi chiqqan, 77 tasi esa betaraf qolgan.

Loyihani yoqlab ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari va AQSh ovoz berdi. O‘z navbatida, Rossiya, Xitoy, Belarus, Serbiya, Hindiston, Armaniston, Kuba, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston qarshi chiqdi.

Rezolyutsiya BMTga oktabrda kiritilgan edi. Ushbu hujjat, xususan, «Qrim-tatar xalqi majlisi» tashkilotini taqiqlashni bekor qilish hamda ukrain va qrim-tatar tillarida ta’lim olishni ta’minlash kabi talablarni nazarda tutadi.

XS
SM
MD
LG