Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:10

O‘zbekistonga AQShdan respublikachilar va demokratlar partiyalari vakillari keladi


AQSh. Vashingtondagi Kapitoliy binosi.
AQSh. Vashingtondagi Kapitoliy binosi.

21 noyabr kuni Toshkentga AQSh Kongressi vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli boshchiligidagi delegatsiya keladi. Delegatsiya tarkibidan respublikachilar va demokratlar partiyalari vakillari o‘rin olgan.

Parlamentlararo aloqalar doirasida kongressmenlar guruhi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida so‘zlashuvlar o‘tkazishi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuvlar o‘tkazishi va qator ob’ektlarga tashrif buyurishi kutilmoqda, deb xabar qildi mahalliy OAVlar.

Shavkat Mirziyoevning 18–20 sentabr kunlari AQShning Nyu-York shahriga tashrifi davomida umumiy qiymati 2,6 mlrd dollarlik hujjatlarni imzolagani, jumladan, General Electric va Honeywell korporatsiyalari bilan neft-gaz va neft-kimyo sohalarida, CNH Industrial, John Deere va Caterpillar kompaniyalari bilan mashinasozlik sohasida, OSI Systems va Lutron kompaniyalari bilan elektrotexnika sohasida, Boeing kompaniyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangani xabar qilingan edi.

Shuningdek, Toshkent shahrida Vebster universiteti filialini ochish to‘g‘risida kelishuv imzolangani aytilgan. Bu AQSh oliy o‘quv yurtining MDH mamlakatlaridagi birinchi to‘laqonli filiali bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG