Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:34

Zimbabveni 37 yil boshqargan Robert Mugabe iste’foga chiqdi


Robert Mugabe.
Robert Mugabe.

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe iste’fo bergani haqda mamlakat parlamenti spikeri Jeykob Mudenda seshanba kuni ma’lum qildi. Mudendaga ko‘ra, Mugabe prezidentlikdan iste’fo bergani haqda deputatlarga yozma shaklda bildirgan. Mugabening iste’fo xati e’lon qilingan esa-da uning o‘zi hozircha bu haqda rasmiy bayonot bilan chiqqani yo‘q.

20 noyabr kuni mamlakatdagi yetakchi partiya prezident Roberta Mugabeni egallab turgan turgan lavozimidan bo‘shatganini e’lon qilgan edi.

ZANU-PF partiyasi mulozimlariga ko‘ra, partiyaning 19 noyabrda o‘tkazilgan favqulodda majlisida Mugabening o‘rniga yaqinda lavozimdan bo‘shatilgan vitse-prezident Emmerson Mnangagva tayinlangan.

Xabarlarga qaraganda, Mugabening xotini Greys ham partiyadan o‘chirilgan.

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe yakshanba kungi telemurojaatida o‘z partiyasining iste’foga ketish haqidagi taklifini e’tiborsiz qoldirgan edi.

Mugabe bayonot berib, o‘tgan asrning 80 yillarida e’lon qilingan milliy kelishuv siyosati mamlakat birligini saqlab qolishda ijobiy rol o‘ynaganini ta’kidladi.

U qo‘lga kiritilgan yutuqlar esdan chiqarmagan xolda bugundan boshlab Zimbabve xalqi olg‘a intilishiga ishonch bildirdi.

Mugabe o‘z ma’muriyatining yuqori lavozimli a’zolari va harbiylar qurshovida o‘tirgan holda xalqqa murojaat qildi. U bir necha bor so‘zlarni takrorladi, adashtirib yubordi va murojaat matnini bosgancha turdi.

O‘tgan hafta boshida Zimbabve poytaxti Xarare shahrining muhim nuqtalarini zirhli texnikadagi askarlar egalladi. O‘shanda mamlakat armiyasi bu holat harbiy to‘ntarish emasligini aytgan.

Armiya matbuot kotibi televidenie orqali prezident Mugabe va uning oilasi xavf-xatardan yiroq ekanligini aytgan edi.

15 noyabr kungi xabarlarda Zimbabveda Mugabedan keyin hukumat tepasiga kim kelishi bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgani aytilgan edi.

Mugabe 1980 yildan beri mamlakatga yetakchilik qilib keladi.

Shu bilan birga u dunyodagi eng keksa davlat rahbaridan biri hisoblangan.

XS
SM
MD
LG