Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 22:26

Stokholmda odamlarni mashina bilan bostirgan Oqilovni qamoqda saqlash muddati uzaytirildi (VIDEO)


Stokholmda amalga oshirilgan teraktda gumon qilinayotgan Rahmat Oqilov.
Stokholmda amalga oshirilgan teraktda gumon qilinayotgan Rahmat Oqilov.

Shvetsiya sudi joriy yil aprelida yuk mashinasini Stokholm ko‘chalaridagi piyodalar ustiga haydab, besh kishini o‘ldirgan o‘zbek Rahmat Oqilovga berilgan sudgacha qamoqda saqlash muddatini uzaytirdi.

23 noyabr kuni Stokholm sudi Oqilov 21 dekabrgacha ushlab turilishini bildirdi.

Oqilov ​2017 yil 7 aprel tushlikdan keyin Stokholm markazida yuk mashinasini piyodalar ustiga haydashi oqibatida 11 yashar bir qizaloq doxil 5 odam halok bo‘lgan, 14 kishi jarohatlangan edi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Oqilov 2014 yil O‘zbekistonni tark etib, Shvetsiyaga ketanini, o‘sha yerda uni “Islom davlati” radikal guruhi yollaganini aytgan.

Швециядаги энг йирик террор хуружини содир этган Раҳмат Оқилов изидан
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:42:41 0:00

2016 yildan beri Stokholmdan tashqari Yevropaning bir necha shahrida, jumladan, Barselona, London, Berlin va Nitssada avtobillar yordamida terror hujumlari amalga oshirildi.

Bunday hujumlardan so‘nggisini AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov amalga oshirdi. AQShning Paterson shaharchasida yashab kelgan Soipov 31 oktabr kuni Nyu-Yorkning odam gavjum ko‘chalaridan birida harakatlanayotganlarga yuk mashinasi bilan hujum qilgan edi.

21 noyabr kuni Nyu-Yorkning Manhetten federal mahkamasida o‘zbekistonlik muhojir Sayfulla Soipovga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilindi.

22 ta og‘ir jinoyat¸ xususan¸ "Islom davlati" guruhiga moddiy yordam ko‘rsatish¸ sakkizta qotillik¸ 12 marta qotillikka urinish kabi ayblar mahkamada o‘z tasdig‘ini topsa¸ Soipovga o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin.

XS
SM
MD
LG