Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:14

Paxta hosili kamligidan amaldorlar norozi, fermerlar davlatni ayblamoqda


Turkmanistonlik paxtakorlar.
Turkmanistonlik paxtakorlar.

Turkmaniston rahbariyati bu yil paxta hosili kamligidan qoniqish hosil qilmayapti, ayni paytda ayrim fermerlarning ta’kidlashicha, davlat yig‘ib olingan hosil uchun hamon pul bermayapti.

Dashog‘uzlik bir guruh fermerlarning “Ozodlik”ka aytishicha, ular davlatga topshirilgan hosili uchun hamon pul olmagan. Hisoblariga pul o‘tkazilgan fermerlar esa bankomatlarda pul yo‘qligi sababli o‘z pullarini naqdlashtira olishmayapti.

Noyabr oyi oxirlarida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov yig‘ib olingan hosil miqdorining kamligidan, shuningdek ayrim viloyatlarda hosil o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinmaganidan o‘z noroziligini bildirgan edi. Davlat rahbari hosil cho‘g‘ining kamligi sabablarini oydinlashtirmadi, faqat mahalliy rahbarlarni ishdan olib, hayfsan berish bilan cheklandi, xolos.

Fermerlarning so‘zlariga qaraganda, yig‘ishtirib olingan hosilning kamligi paxtakorlarning o‘ziga zarar keltirdi. Fermerlarning aytishicha, bularning hammasiga o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmagan davlat aybdordir.

“Ular kam ishlov berilgan yerlarga chigit ekishni talab qilishdi. Sifatsiz urug‘ erta qadalgani sababli, deyarli barcha viloyatlarda chigit unib chiqmadi, nobud bo‘ldi. Shundan keyin takroriy ekishimizni talab qilishdi. May oyi so‘ngida mahalliy amaldorlar barcha qishloqlarga borib, ekin-tikin ishlarini shaxsan nazorat qildi. Buning oqibatida ekin ekish ishlari yoz boshlanishiga atigi bir necha kun qolganida yakunlandi", - deydi “Ozodlik” suhbatdoshi.

Fermerlarning aytishicha, chigit unib chiqqanida mineral o‘g‘itlarga ehtiyoj paydo bo‘ldi, biroq o‘sha vaqtda o‘ta zarur bo‘lgan azot topilmadi. Uning o‘rniga avgust boshlarida emas, balki erta bahorda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan mineral o‘g‘it berildi.

XS
SM
MD
LG