Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:20

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar kuchaydi


Mashhadda namoyish
Mashhadda namoyish

Eron ko‘chalarida hukumatga qarshi namoyishlarda kamida ikki kishi o‘ldirildi.

Narxlarning oshishiga qarshi dastlab payshanba kuni Mashhadda boshlangan namoyishlar keyinchalik Eronning boshqa shaharlari, jumladan poytaxt Tehronga yoyildi.

Eron hukumati namoyishlarni "qattiqqo‘llik" bilan bostirishi haqida ogohlantirdi.

Yarim rasmiy "Mehr" axborot agentligining Luriston viloyati hokimining muovini Habibulloh Xo‘jastapurga iqtibosan 31 dekabrda xabar berishicha, g‘arbiy Durud shahridagi noqonuniy yig‘ilishda yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda "ikki nafar durudlik halok bo‘lgan".

"Politsiya va xavfsizlik kuchlari o‘q uzgani yo‘q. Biz bu to‘qnashuvlarga inqilob dushmanlari bo‘lgan "Takfiriy guruhlar" va chet ellik agentlarning qo‘li borligini aniqladik," dedi Habibulloh Xo‘jastapur keyinchalik televidenieda chiqish qilarkan.

Eron rasmiylari sunniy jangarilari, ayniqsa "Islom davlati" guruhiga nisbatan "Takfiriy" istilohini qo‘llanadi.

Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda politsiya tomonidan otib tashlangan ikki nafar yosh yigitning jasadini ko‘rish mumkin.

Ozodlik videoning haqqoniyligini aniqlashga muvaffaq bo‘la olmadi, ammo "Amerika ovozi" qurbonlar ismi Hamza Loshniy va Huseyn Reshno ekanini xabar qildi.

"Amerika ovozi" o‘z muxbiri qurbonlar yaqinlari bilan suhbatlashganini bildirdi.

"Islomiy Inqilob Posponlari Korpusi"ning Tehron bo‘yicha boshlig‘ muovini general Ismoil Kovsariyning ISNA Axborot Agentligiga 30 sentabrda aytishicha, poytaxtda vaziyat nazorat ostida va namoyishlar davom etaversa, "qattiqqo‘llik" bilan bostiriladi.

"Agar odamlar narxlarning yuqori ketganiga qarshi ko‘chalarga chiqqan bo‘lsa, ular hukumatga qarshi shiorlarni aytmasligi, jamoatchilik mulki va mashinalarni yoqib yubormasligi kerak edi," dedi Kovsariy.

Aksil-hukumat namoyishlari dastlab Mashhad shahrida go‘sht va tuxm kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin balandlashuvi ortidan boshlanib ketdi.

Ko‘cha namoyishlari uch kundan buyon davom etmoqda
Ko‘cha namoyishlari uch kundan buyon davom etmoqda

Ular qisqa fursat ichida boshqa shaharlarga ham yoyildi.

Namoyishchilar mamlakatning islomiy rahbariyati va oliy rahbari Oyatullo Ali Xomanaiyga qarshi shiorlarni ko‘tarib chiqqanlar.

Ba’zilar Eronning tashqi siyosatiga, jumladan prezident Bashar Assadni dastaklashiga qarshi e’tiroz ham bildirgan .

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, namoyishlar Eronning 30ta shahri, jumladan Tehron va Shahri Kurd, Kirmonshoh va Zanjonda bo‘lib o‘tmoqda.

Ba’zi shaharlarda namoyishchilar hukumat binolari va politsiya mashinalarini yoqib yuborgan.

XS
SM
MD
LG