Линклар

18 январ 2018, Тошкент вақти: 15:13

Mirziyoev: “Abu Saxiy” bozoridan byudjetga tushum bir necha o‘n milliard so‘mga etdi

  • Озодлик

Lola Karimova-Tillaeva turmush o‘rtog‘i Temur Tillaev bilan. 2016, 16 may, Fransiyaning Kann shahri

«Abu Saxiy» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan (MChJ) davlat byudjetiga bir oyda 5 milliard so‘m tushgan. Ushbu bozor «Toshkent ipak yo‘li» majmuasiga aylantirilgandan so‘ng atigi 15 kunda tushum 35 milliard so‘mga yetgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bayonot bergani to‘g‘risida Prezident Matbuot xizmati o‘zining “Telegram”dagi rasmiy kanalida xabar qildi. Bu xabarni O‘zA axborot agentligi ham e’lon qildi.

Prezident Mirziyoev 5 yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga bordi. Davlat rahbari Zangiota tumanidagi “Highway Logistics” markazida tashkil qilingan bojxona bo‘limi, mavjud texnikalar, transport qatnovi va mahsulotlarni ortish hamda yetkazish tizimi bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan.

O‘zbekiston 1-prezidentining kenja qizi Lola Karimovaga uylangan Timur Tillaev tomonidan 2006 yilda tashkil etilgan "Abu Saxiy" shirkati O‘zbekistonga import tovarlarini olib kiruvchi eng yirik kompaniyaga aylangan.

Karimov hukmronligi davrida Toshkent g‘arbidagi 25 gektarlik hududda joylashgan ayni nomdagi bozor nafaqat poytaxt¸ balki butun O‘zbekistonni import mahsulotlari bilan ta’minlovchi eng yirik ulgurji bozorga aylangan.

Bozor bir qo‘ldan boshqasiga o‘tayotgani to‘g‘risida Ozodlik 2017 yil, 14 dekabrda yozgan edi. Bunday jarayon borayotganini tasdiqlagan Timur Tillaev advokati¸ boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan edi.​

11 dekabr kuni Ozodlikka yo‘llagan elektron javobida Timur Tillaev va Lola Karimova-Tillaevalarning AQShdagi advokati Mark F. Raymond “so‘rovingizga nisbatan egalikning o‘zgarish jarayoni borayotganini bildiraman”¸ deb yozgan edi.

XS
SM
MD
LG