Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:12

Rustam Sagdiev: "Imom Buxoriy" filmi uchun texnikani Hollivuddan keltiramiz


Rustam Sagdiev (chapda) Hollivud yulduzi Gassan Massud ishtirokida film olgan.
Rustam Sagdiev (chapda) Hollivud yulduzi Gassan Massud ishtirokida film olgan.

Taniqli kinorejissyor, 46 yashar Rustam Sagdiev O‘zbekiston prezidenti topshirig‘i asosida IX asrda yashab o‘tgan taniqli Islom olimi Imom Buxoriy hayoti haqida qimmat byudjetli¸ ikki qismli badiiy film ustida ish boshlaganini bildirdi.

Kinorejissyorning aytishicha, “bir necha million dollarlik” bu kinoloyiha davlat granti asosida “O‘zbekkino” DAK va O‘zbekiston musulmonlar idorasi hamkorligida suratga olinadi.

O‘tgan yil oxirida kinematografiya vakillari bilan uchrashgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev “islomiy mavzudagi filmlarni suratga olib, masjidlarda namoyish qilish” taklifi bilan chiqqan edi.

Nega al-Buxoriy to‘g‘risida kino yo‘q? At-Termiziy bobomiz?! Termiziylar sulolasi, deganda qanchadan-qancha gaplar bor. Bu ham bir yo‘nalishmi yo‘qmi?! Moturidiy haqida kino ko‘rsatish, u ham bir yo‘nalish. Islom tsivilizatsiyasi deganda nimani ko‘rsatamiz biz?! Elimizga to‘g‘ri islomni tarannum etish - juda katta tarbiya. Masjidlarda ham buni qo‘ysa bo‘ladi“, degan edi prezident o‘z nuqtida.

Sagdievga ko‘ra, prezidentning bu nutqidan keyin Termiziy va Buxoriy haqida kinofilmlar ustidagi ishlar jadal sur’atlar bilan boshlangan.

- Prezidentimiz, mablag‘ va texnika masalasida muammo bo‘lmaydi, deb va’da berdi. Kerak bo‘lsa, o‘sha Hollivud ishlatadigan eng so‘nggi kinotexnikalarni sotib olamiz. Filmga jahon kino yulduzlari taklif qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, oxirat uchun tashrif qog‘ozi bo‘ladigan film bo‘ladi, dedi kinochi.

Рустам Сагдиев: Имом Бухорий фильми учун Ҳолливуддан техника келтирамиз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:40:57 0:00

Suhbatdosh o‘zi suratga oladigan "Imom Buxoriy" (filmning ishchi nomi) haqidagi film dunyo ekranlariga chiqishidan umidvor.

120 yillik dunyo kinematografiyasi tarixida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ikkitagina kinofilm dunyo kinoprokatiga chiqarilgan.

Bulardan biri 1945 yil Nabi G‘aniev tarafidan suratga olingan "Tohir va Zuhra" filmidir.

Bu film kino durdonasi sifatida YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.

Xalqaro kinoprokatga chiqqan ikkinchi film esa, Latif Fayziev 1979 yilda hindistonlik rejisser Umesh Mehra bilan birga suratga olgan “Ali Bobo va qirq qaroqchi sarguzashti” filmidir.

XS
SM
MD
LG