Линклар

Шошилинч хабар
16 октябр 2018, Тошкент вақти: 23:38

Bosh vazir Aripovning Tojikistonga safari boshlandi


Bosh vazir Abdulla Aripov (Ozodlik arxividan)

O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonga 10 yanvarda boshlagan safari doirasida bu mamlakat rasmiylari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chegara masalalarini muhokama qildi. Abdulla Oripov prezident Imomali Rahmon bilan ham muloqot o‘tkazdi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Imomali Rahmon Abdulla Aripov bilan muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan munosabatlar Tojikiston uchun katta ahamiyatga ega ekani va ikki davlat rahbarlari ushbu munosabatlarni yuqori darajaga ko‘tarishga harakat qilayotganliklarini aytgan.

Tojikiston prezidenti matbuot kotibi Abdufattoh Sharifzodaning Ozodlik radiosiga aytishicha, muloqot chog‘ida ikki davlat orasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi cheklovlarni bartaraf etish va chegara masalalari muhokima bo‘lgan.

“Mazkur uchrashuvda chegara va viza masalalari, vatandoshlar bordi-keldisini soddalashtirish, Tojikistonning Xatlon viloyatini O‘zbekiston bilan bog‘lab turuvchi temir yӯl aloqasini tiklash, chegara mintaqalarini minalardan tozalash va chegaradagi mavjud o‘tish punktlarini ochish kabi ikki tomonlama masalalar muhokama bo'ldi”-dedi Abdufattoh Sharifzoda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tojikiston prezidenti mintaqadagi suv va energetika manbalaridan unumli foidalanishda O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishda qo‘shni O‘zbekiston manfaatlariga zid amallarga yӯl qo‘yilmasligini aytgan.

Prezident bilan muloqotdan so‘ng Abdulla Aripov iqtisodiy va savdo bo‘yicha Qo‘shma komissiya ishida ishtirok etadi. Muzokaralar yakunida ikki davlat orasida qator huquqiy hujjatlarning imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Bosh vazirining Tojikistonga safari jarayonida Prezident Shavkat Mirziyoevning Dushanbega rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga safari joriy yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

6 yanvar kuni Toshkent viloyat xalq deputatlari kengashi sessiyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Tojikistonga rasmiy safar qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifi davomida ikki tomonlama yirik va muhim bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Islom Karimov vafotidan so‘ng prezidentlikka kelgan Shavkat Mirziyoev Tojikiston bilan munosabatlarni yaxshilashga urinmoqda.

Tojikiston hukumati so‘nggi bir yilga yaqin muddat ichida O‘zbekiston bilan savdo aloqalari 5,7 marotaba o‘sib, 2015 yildagi 12 million dollardan 69 million 200 ming dollarga yetganni bildirdi.

Ammo chegara chizig‘ini aniqlash va chegaradagi bahsli mintaqalar masalalarini hal qilish to‘g‘risida tomonlar kelishuvga erishmagan.

Chegaraning eng asosiy bahsli hududlaridan biri Tojikiston hududida joylashgan, o‘tgan asrning 40- yillarida qurilgan Farhod to‘g‘oni hisoblanadi.

O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning Tojikistonga safari 11 yanvarda yakuniga yetadi.

XS
SM
MD
LG