Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:12

Ashxobod militsiyasi qora mashinalarni yoppasiga oq rangga bo‘yattirmoqda


Ashxabodda politsiya hibsga olgan qora avtomobillar
Ashxabodda politsiya hibsga olgan qora avtomobillar

Ozodlik radiosi turkman xizmatining xabar qilishicha, Ashxobod militsiyasi avtomobil egalaridan, go‘yoki, ular o‘z roziligi mashinasi rangini o‘zgartirayotgani haqidagi arizani talab qilmoqda.

O‘tgan yil dekabri oxirida militsiya Turkmaniston poytaxti ko‘chalarida rangi oq bo‘lmagan avtomobillarni hibs qila boshlagani kuzatilgan va buning sababi, ma’lumotlarga qaraganda, prezident Berdimuhamedovning oq rangga bo‘lgan mehri bilan bog‘langan edi.

Ozodlik radiosi turkman xizmati muxbirlarining Ashxoboddan xabar qilishicha, o‘tgan ikki hafta ichida hech bir ogohlantirishsiz hibs qilib qo‘yilgan avtomobillarni qaytarib berish uchun militsiya uning egasidan ariza talab qilmoqda.

Arizada avtomobil egasi o‘z xohishi bilan uning rangini oqqa o‘zgartirishni istashi aks etishi lozim.

"Bu arizasiz avtomobil egalari o‘z shaxsiy mashinasini jarima maydonchasidan ololmaydi. Bu arizaga javoban berilgan ruxsatnomasiz mashinasini boshqa rangga bo‘yay olmaydilar ham. Shuning uchun hozir mashina rangini o‘zgartirishga ruxsatnoma so‘raganlarning navbatlari cho‘zilib ketdi", - dedi Ozodlik radiosi turkman xizmatiga ma’lumot bergan ashxobodliklardan biri.

Shu bois, hozir Ashxoboddagi avtomobilga xizmat ko‘rsatish shohobchalarida mashinalarni oqqa bo‘yash uchun turnaqator navbatlar paydo bo‘lgani, bunday xizmat turi esa, bir avtomobil uchun 3 ming AQSh dollariga qadar qimmatlagani kuzatilmoqda.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi Turkman xizmati direktori Farrux Yusufiyning aytishicha, buning sababi mamlakat prezidenti Qurbonquli Berdimuhamedovning oq rangga bo‘lgan mehri, qora rangni xush ko‘rmasligiga bog‘lanmoqda.

Quyida Farrux Yusufiy bilan suhbatni tinglang:

Ашхабодликлар қора машиналарини ёппасига оқ рангга бўятишга мажбур бўлмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:51 0:00
Бевосита линк

Bundan avval Turkmaniston IIV xodimlarining avtomobillari oq rangda bo‘lishi shartligi belgilangan edi.

2014 yilda mamlakatda avtomashinalarning oynasini qora rangga bo‘yash taqiqlangan.

2015 yildan esa, Turkmanistonga qora rangdagi avtomobillarning kiritilishi taqiqlangan.

XS
SM
MD
LG