Линклар

Шошилинч хабар
18 август 2018, Тошкент вақти: 11:21

FVV ro‘yxatidagilar: Ramil yaqinda uylangan, xotini homilador


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi e’lon qilgan Aqto‘be qurbonlarining taxminiy ro‘yxatiga Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidan 28 yashar Ramil Turg‘unboev ham kiritilgan.

1990 yilda tug‘ilgan Ramil Turg‘unboev Qiziriq tuman Birdamlik mahallasidan.

Ramilning yaqinlariga ko‘ra, u moliya sohasida ishlash orzusida tumandagi Bandixon Agrosanoat kollejining moliya bo‘limini tugatgan. Biroq ish topish muammosi bois, Ramil kollejni bitiriboq, Rossiyaga pul ishlashga ketgan. Ramil olti oy avval uylangan bo‘lib, hozirda uning rafiqasi homilador.

Ramilning otasi, asl kasbi o‘qituvchi bo‘lgan Ashur Turg‘unboev ham o‘g‘li bilan birgalikda Rossiyada ishlab, pul topadi.

Ramilning Aqto‘be qurbonlari taxminiy ro‘yxatiga kiritilishiga ham otasining ko‘rsatmalari sabab bo‘lgan.

Ashur Turg‘unboevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, o‘g‘lini Rossiyada kutib olishi lozim bo‘lgan va u Ramil bilan telefon orqali bog‘lanib turgan:

- Men o‘g‘lim bilan oxirgi marta gaplashganimda, “Dada avtobusga o‘tirdim, Qozog‘iston postidan ham o‘tdim” degandi. Shundan keyin u bilan gaplasha olmadim, -dedi Ashur Turg‘unboev.

Ashur aka o‘g‘li bilan aloqa uzilgach, Rossiyadan Qiziriqdagi yaqinlariga xabar qilgan. U yerda Ichki ishlar bo‘limi xabardor qilingan va Toshkentga xabar berilib, Ramil ham Aqto‘be qurbonlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Ramilning otasiga ko‘ra, o‘g‘lining haqiqatan ham yonib ketgan avtobus ichida bo‘lgan yoki bo‘lmaganiga doir biror bir aniq dalili yo‘q:

- Men voqea bo‘lgan joyda bo‘lmaganman, biror narsa deya olmayman, dedi Ashur aka.

Ozodlik Ashur Turg‘unboev bilan 22 yanvar kuni soat 17larda bog‘langanida (Toshkent vaqti), u DNK tekshiruvi uchun Toshkentga ketayotgan edi.

- Men Rossiyadan bozor kuni qechqurun keldim. Uyda ozgina o‘tirdim. Og‘aynilarim uyda ekan. Ular bilan ozgina gurung qildik. Keyin bir soatcha uxladimda, turib, bet- qo‘limni yuvib, Toshkentga yo‘lga chiqdim. Hozir Toshkentga DNK topshirgani borayapman. Toshkentga kiray deb qoldim,- dedi Ashur Turg‘unboev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:48 0:00
Бевосита линк

Ramil oilada yolg‘iz o‘g‘il. Bir opasi turmushga chiqib ketgan. Singlisi 1-sinfda o‘qiydi. Ota-onasi o‘qituvchi. Biroq keyingi bir necha yildan beri otasi o‘qituvchilikni tashlab Rossiyaga ishlashga borib-keladi.

Qiziriqdan olingan ma’lumotga ko‘ra, uch kundan beri mahalla-ko‘y Turg‘unboevlar oilasidan ko‘ngil so‘rash bilan band. Tuman hokimi va viloyat rasmiylari borib, oila holidan xabar olgani aytildi.

O‘zbekiston Favqulloda vaziyatlar vazirligining 20 yanvar kuni e’lon qilgan Aqto‘be qurbonlarining taxminiy ro‘yxatida Ramil Turg‘unboev 50-o‘rinda berilgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG