Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:29

Islom Karimovning nabirasi Islom Karimov Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi


Islom Karimov
Islom Karimov

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning o‘g‘li, 25 yashar Islom Karimov Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi.

Bu haqda Bi-bi-si Islom Karimovning Londondagi advokatlariga yaqin manbaga tayanib xabar qildi.

Xabar mazmuniga qaraganda, Islom Karimov siyosiy boshpana so‘raganiga kamida 1 oy bo‘lgan.

"Bi-bi-si mazkur ma’lumotni tasdiqlash uchun o‘tgan yilning 20 dekabrida Islom Karimovga bog‘langanida, u quyidagicha javob berdi:

"Ha, yuridik protseduralar va hujjatlar tayyor bo‘lishi bilanoq bu yil boshpana so‘rayman. Onamga bog‘liq yirik o‘zgarish yuz berdi. Bu qattiq sir saqlanmoqda, ammo u borasida qilinadigan e’lon haqida menga qator xabarlar etib keldi. Bunga aql bovar qilmaydi, aqli joyida bo‘lgan odam tasavvur ham qila olmaydi".

Marhum prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich nevarasi o‘z onasi Gulnora Karimovaga qarshi O‘zbekistonda ta’qiblar boshlanganidan beri Britaniyada yashab keladi", - deb yozdi Bi-bi-si.

XS
SM
MD
LG