Линклар

Шошилинч хабар
11 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:28

Ahmadboy ishi bo‘yicha hibsga olingan 105 ta mashina egalariga qaytarildi


Chinozlik moliyaviy piramidachi Ahmad Tursunboev "ikkita qilib qaytarish" sharti bilan garovga olgan yuzdan ziyod mashina egalariga qaytarildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali 31 yanvar kuni xabar qildi. “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning muassisi bo‘lgan Ahmadboy Tursunboev odamlardan bir yilda ikki barobar qilib qaytarish sharti bilan katta mablag‘larni noqonuniy ravishda olib kelganlikda ayblanib, 2016 yilda qamoqqa olingan edi.

“O‘zbekiston24” telekanali xabariga ko‘ra, Ahmadboyga garovga berilgan 105ta avtomobil 30 yanvarda egalariga topshirilgan.

Mashinasini qaytarib olganlardan biri telekanalga shunday dedi:

- Meni o‘g‘lim Ahmadboy haqida oshnalaridan eshitgan, qiziqib qolib mashinasini olib borib bergan va shu yerda adashgan. Umid qilaman, endi odamlar bunaqa ahmoqlikka uchmaydi. Buyog‘iga hammasi yaxshi bo‘ladi, - deydi mashinasini qaytarib olgan sirdaryoliklardan biri.

Bir yil avval qo‘lga olingan tadbirkor Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent shahridagi vaqtinchalik saqlovchi tergov izolyatorida ushlab turilibdi.

Xalq orasida Ahmadboy deya tanilgan 38 yoshli tadbirkorga pul bergan va olgan odamlarning soni bir necha o‘n mingdan ko‘p ekani aytiladi.

O‘zini Zarifa deb tanishtirgan ayol Ahmadboyga 6 ming dollardan ortiq mablag‘ bergani, lekin pullarni qaytarib olish urinishlari natija bermayotganini aytadi.

- Mashinalarni qaytarib olishyapti. Chunki, buni isbotlash oson, nomeridan bilsa bo‘ladi. Lekin, pul berganlar ololmayapti. Chunki, oldi-berdi hujjatlari qayd etilmagan, borlari ham yo‘qolib ketgan, - dedi Zarifa Ozodlik bilan suhbatda 31 yanvar kuni.

Ahmadboy aholidan qimmatbaho taqinchoqlar va avtomashinalarni noqonuniy ravishda qabul qilib olgani aytiladi.

Lekin, mablag‘larni olishda tadbirkor hech qanday kafolat xati bermagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida o‘tgan yilning yozidan Ahmadboy chuv tushirgan jabrlanuvchilarning guvohlik ko‘rsatmalari tinglandi.

Ahmadboy ustidan sud hukmi chiqqan yoda chiqmagani ma’lum emas. “O‘zbekiston24” telekanali xabarida bu haqda aytilmadi.

Sud jamoatchilikka yopiq o‘tkazilgani bois jarayon haqida ma’lumot olish ham imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG