Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:54

Samarqandda shifokorlar qurilish ishlariga jalb etildi


Kattaqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasida qurilish avjida.
Kattaqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasida qurilish avjida.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida shikoforlar ham kasalxona rekonstruksiyasi ishlariga jalb etilgan. Kattaqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlarining Ozodlikka aytishicha, shifoxonaning eski imorati buzilib, o‘rnida yangisi qurilmoqda, farroshlardan tortib hamshira va shifokorlar shu bino qurilishiga safarbar etilgan.

Kattaqo‘rg‘on tumani Tibbiyot birlashmasi shifokorlari o‘z kasbiy faoliyati qolib, qurilish ishiga majburan jalb etilayotganliklaridan norozilik bildirmoqda.

Shifoxonaning Ozodlik bilan suhbatlashgan xodimlaridan biri: “Tumanda kasalxonalar tibbiyot xodimlari hisobidan qurilayotgan bo‘lsa, buning uchun davlat hazinasidan ajratilayotgan pullar qaerga ketyapti?, - degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

- Shifoxonamizda buzilib qayta qurilishi kerak bo‘lgan eski yaroqsiz korpusni, buzish ishlariga ham tibbiyot xodimlarni majburan jalb qilyapti. Va yaqinda majlisda butun boshli shifoxonani qayta qurishni tibbiyot xodimlari o‘z hisobidan quradi, deb bosh vrachimiz aytayapti. Davlatni pullari unda qaerga ketyapti? Bizni davlatimiz shunchalik ojizmiki, shifoxonalarni ham tibbiy xodimlar o‘z hisoblaridan qurib bersa?, - deydi Kattaqo‘rg‘on tumani kasalxonasining ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan shifokori.

Shifoxonaning boshqa xodimi ham farroshlardan tortib malakali vrachlargacha navbati bilan qurilishga safarbar etilayotganini aytdi.

- Qo‘lga tegadigan oylik 650 ming atrofida. Yozda qo‘cha supiramiz, kuzda paxta, qishda mana qurilishda ishlaymiz. Qachon bizda vrach o‘z ishini qiladi?, - deydi kattaqo‘rg‘onlik shifokor.

Ozodlik ushbu shikoyat yuzadan izoh olish uchun Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasiga bog‘landi.

Telefon ko‘shagini ko‘targan mulozim shifokorlarni hech kim qurilishga majburlanayotganini inkor qilib, ularning o‘zlari "ko‘ngilli yordam" berayotganini ta’kidladi:

- Hech kim ularni majburlayotgani yo‘q. To‘g‘ri, hozir kasalxonani eski korpusi buzilib, o‘rnida yangi imoratlar qurilyapti. Shunga yordam so‘ralsa, avvalo shoferlar va farroshlar jalb etilishi mumkin, ulardan ham ko‘ngilli yordam berish so‘raladi, - dedi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani kasalxonasi mulozimi.

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash hodimlari ko‘chalarni tozalash, dalada chopiq hamda yagana qilish yo paxta terish kabi ishlarga jalb etilgani avval kuzatilgan.

So‘nggi yillari esa ko‘chalar yo qurilish ishlariga ham byudjet tashkilotlari xodimlari jalb etila boshlangan.

Nega shifokorlar o‘z kasbiga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etiladi?

Ozodlik shu savol bilan Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga bog‘langanida boshqarma mulozimi bu borada izoh berolmasligini aytdi.

- Men bu haqda biron narsa deyishga ojizman, - deya gapni qisqa qildi mulozim.

O‘zbekistonda yillardan beri o‘qituvchilar, shifokorlar va byudjet idoralari xodimlari ishdan haydalishlari haqidagi tahdidlar bilan dala mehnati va obodonchilik ishlariga majburlab kelinadi.

"Xyuman Rayts Uotch" tashkiloti O‘zbekiston hukumatini majburiy mehnatni taqiqlash, bu taqiqni buzganlarni jazolashga chaqirgan.

Lekin, majburiy mehnat mamlakatda bartaraf etilmay qolmoqda.

XS
SM
MD
LG