Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:26

Andijon tuman hokimi rejani bajargan fermerdan ham yerni topshirishni talab qilyapti


Farg‘ona vodiysidagi qishloqlardan biri
Farg‘ona vodiysidagi qishloqlardan biri

Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov barcha fermerlardan yerlarini davlat zahirasiga topshirish haqida majburiy tarzda ariza yozdirib oldi.

Bu haqda Ozodlikka arz qilgan fermerlarning aytishicha, qarzdorligi bo‘lmagan va kontraktatsiya shartnomalarini yuz foizdan oshirib bajarib kelgan fermerlardan ham yerini topshirish talab qilinyapti.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00
Бевосита линк

“Abduqahhor vorislari” fermer xo‘jaligi Shokirjon Yo‘ldoshevning akasi nomiga qayd etilgan. Xo‘jalikni akasi bergan ishonchnoma asosida boshqarayotgan Shokirjonning Ozodlikka aytishicha, tuman hokimi majlisga kelmagansan degan bahonada undan yerini tortib olmoqchi:

- Hokimning menga shaxsiy adovati bor. Bir chaqirganda haqorat qilgan va men munosib javob qaytargan edim. O‘shandan buyon yomon ko‘rib qolgan. 2015 yilda ham yerimni olib qo‘ygan edi. Viloyat prokuraturasi xo‘jalik sudining qarorini bekor qilganidan so‘ng, yerimni qaytarib olgan edim. Endi yana majburan ariza yoz dedi, men yozmadim. Lekin tumandagi 97 foiz fermer ariza yozib berdi. Har yili rejalarni ortig‘i bilan bajarib kelamiz, bir so‘m ham qarzdorligim yo‘q. O‘tgan yili rejasi to‘lmay qolgan qo‘shni fermerga 15 tonna paxtani tekinga berib yubordim. Lekin mendan ham yerni topshirishni talab qilyapti,- deydi "Abduqahhor vorislari” fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi Shokirjon Yo‘ldoshev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:57 0:00
Бевосита линк

“Odinaxon oltin tolasi” fermer xo‘jaligi rahbari Odinaxon Hojibekovaning aytishicha, u ham bug‘doy topshirish rejasini har yili ortig‘i bilan bajarib kelgan bo‘lsada, hokim yerini topshirish haqida ariza yozdirib olgan:

- Men ikki yil oldin fermer xo‘jaligini qabul qilganman, paxta yo‘q, bug‘doy ekaman. Olganimdan beri tuman hokimi Ulug‘ubek Isomiddinov tinchlik bermayapti. Ikki yildan beri aytgan tonnasini beraman. Birinchi yili 110 foizga bajardim, ikkinchi yil ham ortig‘i bilan bajardim. Mana o‘tgan yil kuzda bug‘doyni sepib, birinchi suvdan chiqarib, ko‘karib qolganda yana meni erimni "zahiraga oldim" deb, aytyapti. O‘zi meni erim har yili zahiraga olinadi. Uning majlislardagi so‘kinishlarini eshitmay deb, bormay qo‘yganman,- deydi Odinaxon Hojibekova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:46 0:00
Бевосита линк

Qishloq xo‘jaligi sohasida 50 yil, fermer xo‘jaligi rahbari bo‘lib 20 yil ishlagan agronom, 68 yashar Mahbubaxon Sultonovaning aytishicha, ikki yil oldin uning yeri ham asossiz ravishda hokim tomonidan tortib olingan:

- Men 20 yil avval Jahon bozorining oldidagi tashlandiq yerni olib, fermerlikni boshlagan edim. Ikki yil oldin qurilish uchun bu yerni bering deyishdi, men rozi bo‘lmadim. Keyin menga qarzdorlik, planlari to‘lmagan kabi quruq tuhmatlar qilishib, yerni tortib olishdi. Meni qarzdorligim ham yo‘q, planlarni ham doim bajarib kelganman, qo‘riq yerni lorsildoq yer qildim. Lekin bular qalbaki hujjatlar bilan sudga berishdi. Men ham sudga berdim. Ammo, sud hokimning tarafini oldi. Mendan keyin ikkita fermerga sotishdi. Hozir u yerlar o‘t bosib ketgan, avvalgi lorsildoq yerdan asar ham qolmagan, - deydi Mahbubaxon Sultonova.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:00 0:00
Бевосита линк

Ismi sir qolishini so‘rgan andijonlik fermerlardan birining aytishicha, tuman hokimi fermerlik to‘g‘risidagi qonunga ham, fermerlarning huquqlariga ham "tupurib qo‘ygan":

- Davlat kontraktatsiya shartnomasini har yili bajarsangizu, yana yerni topshir deb buyruq bersa asabingiz buziladi-da. Biz maktabda o‘qiganimizda Janubiy Amerikada Chili degan davlat bor edi. Boshlig‘i general Pinochet edi. Bizning hokim ham xuddi shu Pinochet singari yoniga ikkita melisani qo‘yib oladi-da, xohlaganini gapirib, xohlaganini so‘kadi. Prezidentimiz yonib-kuyib, odamlarga sharoit qilib ber, fermer, tadbirkor rivojlansa yurt boy bo‘ladi deyapti, bular planing to‘lsa ham yeringni topshir deb hammani asabiga o‘ynayapti. Axir, fermerlar to‘g‘risida qonun bor, yerni olish qoidalari bor. Agar uch yil sababsiz rejani to‘ldirmagan bo‘lsa sudni qarori bilan ol, lekin har yili rejani ortig‘i bilan bajargan fermerlarga osilib nima qilasan,- deydi fermerlardan biri.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov bilan bog‘lanib, nega fermerlarning yeri yoppasiga olinayotgani sababi haqida so‘ramoqchi bo‘ldi.

Telefonda o‘zini Ulug‘bek Isomiddinov ekanligini tasdiqlagan hokim, Ozodlik muxbiri bilan gaplashayotganini bilganidan so‘ng, muxbirga "boshqa joyga tushib qoldingiz", deb aloqani uzdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:11 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Andijon viloyat, Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinovning 25 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilishda chigit ekishda qo‘llaniladigan “plyonkaga” pul o‘tkazmagani uchun fermerlarni haqorat qilgani haqida xabar bergan edi.

O‘shanda Ozodlik bilan suhbatlashgan tuman hokimi haqiqatan ham yig‘ilishda shaxsni tahqirlovchi so‘zlarni ishlatib yuborganini tan olgan va bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG