Линклар

Шошилинч хабар
21 май 2018, Тошкент вақти: 21:27

So‘kong‘ichligi uchun jarimaga tortilgan Andijon hokimi yana rahbarlarni haqorat qildi


Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev

So‘kong‘ichligi uchun sud tomonidan besh million so‘m jarimaga tortilgan Andijon tumani hokimi Dilmurod Rahmatullaev, navbatdagi majlisida yana mahalliy tashkilot rahbarlarini bo‘ralatib haqorat qilgani yozilgan audiofayl Ozodlikka kelib tushdi.

Bu yozuvni Ozodlikka taqdim etgan mahalliy tashkilot rahbarlaridan birining Ozodlikka aytishicha, hokim metallolom topshirig‘ini bajarmagan va bolalar sporti jamg‘armasiga pul o‘tkazmagan rahbarlarni yana “iflos, shakal, tvar, hayvon” kabi so‘zlar bilan tahqirlagan.

Сўконғичлиги учун жаримага тортилган Андижон ҳокими яна раҳбарларни ҳақорат қилди
илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00
Бевосита линк

Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev Al-Buxoriy va Ahmad Yassaviy mahallalari faollari va mahalliy tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishni 29 yanvar kuni soat 19da Andijon Davlat universitetining akademik litseyi zalida o‘tkazgan.

Yig‘ilishda qatnashgan mahalliy tashkilot rahbarlaridan birining aytishicha, hokim mahalla faollari bilan uchrashuvni o‘tkazib bo‘lganidan so‘ng, mahalliy tashkilot rahbarlarini olib qolgan va metallolom kam topshirgan, bolalar sportiga pul o‘tkazmagan har bir tashkilot rahbarini avvalgiday haqorat qilgan.

Audioyozuvdagi ovoz uzoqdan yozib olingani sababli, hokim haqorat qilgan ba’zi tashkilot rahbarlarining ismini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.

"Ey, iflos, ishdan ketsang nima bo‘lasan keyin"

“Ijtimoiy soha kimga qaraydi? Qani yana bitta avliyo? Bir pulga qimmat, ahmoq odam ekan, mahallasining raisi? Hurmatingni er bilan yakson qilib, gadayga aylantirib yuboraman. Sen men bilan o‘ynashyapsanmi, ey? Mayli mahallangni raisi ahmoq ekan, kimni to‘plading bu yerga, nima masalani hal qilding? Ey iflos ishdan ketsang nima bo‘lasan keyin, obro‘ying nima bo‘ladi?”, deydi hokim o‘rinbosarlaridan biriga.

Prezident tibbiyot xodimlariga metallolom yig‘ishni taqiqlagan

Shundan so‘ng, Dilmurod Rahmatullaev Andijon shahar Davlat sanitariya va epidemiologiya markazi rahbarini turg‘izib, metallolom topshirmagani uchun tahqirlay boshlaydi:

“Sen kelganingdan beri shaharga bitta qoziq qoqqaning yo‘q, bitta narsa qilganing yo‘q. Meni aybim, xatoyim, yonimda olib yurganligim. Senga o‘xshagan rahbarlar viloyat hokimining oldida meni podstava qilishyapsan. Bu iflos qilmaydi, prinsipga ham qilmaydi. Bu mishlenno meni obro‘yimni tushirishga harakat qilyapti. O‘g‘il bola bo‘lganda bunaqa qilmasdi. 150ta xodimi ko‘chada tilanib kelgan bo‘lsa ham qilgan bo‘lardi, bittadan temirni ko‘tarib kelgan bo‘lsa ham qilgan bo‘lardi”, deydi hokim.

Lekin DSEM rahbari hokimga 19 dekabrdagi O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan joy-joylardagi mahalliy davlat organlariga ta’lim va tibbiyot sohasi muassasalariga temir-tersak va qora metall chiqindilarini yig‘ish va topshirish bo‘yicha topshiriqlar berish taqiqlangani to‘g‘risida atyta olmaydi va jimgina haqoratlarni eshitib turadi.

Hokim haqoratlar silsilasini tugatganidan ro‘ng rahbarni zaldan haydab chiqaradi.

"K...masmanda, sen k...san"

Dilmurod Rahmatullaev kim ekanligi yozuvdan aniqlanmagan yana bir tashkilot rahbarini ham qattiq haqorat qiladi:

“Iflos bola ekansan? Iflos, k...ngga tiqib yubor shu pullarni keyin. Iflos, 3 foiz bo‘lib. Ey iflos, ey shakal, ey tvar! Ishlasang ishla o‘g‘il bolaga o‘xshab, Ey iflos, ishlasang ishla normalniy, ey shakal. O‘zingcha nimasan, bozorlarni avtoritetini qo‘yib qo‘ygan. Ey iflos, umuman, o‘zgarish qilganing yo‘q, sen. Anavu iflosdan, sen iflosning hech qanday farqi yo‘q. O‘zingcha bozorlarga krisha bo‘p qolgansan. Ertalabdan beri nima qilding, ey iflos. Qani pul, qani bolalar sportini puli? Mana ...sektorni ahvolini ko‘ryapsane, bittasini yomonlamayman. K...tmasmanda shuning uchun, aybing k...tsan! Anavu iflos, tvarni ham ishlamayotgan bo‘lsa ham ishlayapti, ishlayapti deb, viloyat hokimligida ishlayotuvdi. Ishlayapti mana shu shakal, Shavkat. Bitta narsani mondilay olmaydi, iflos. Metallolomni ham qilolmaydi, bolalar sportini ham. Tili emas, k..tigacha qisilib ketgan, iflos, deydi shahar hokimi.

Hokim majlisda shahar pensiya jamg‘armasi rahbarini ham Bolalar sportiga pul o‘tkazishga majburlaydi:

“Pensiya! 18 million so‘m pul tushirish kerak. Meni ham komandamni yangilaydigan paytim keldi-da, tortolmaydiganni olishim kerak. Viloyat hokimini oldida men ham bir tiyin bo‘lishni xohlamayman”, deydi hokim.

Dilmurod Rahmatullaevning aytishicha, shahar bo‘yicha Bolalar sporti jamg‘armasiga 700 million so‘m o‘tkazish rejasi qo‘yilgan.

Topshiriqni bajarmagan rahbarlarni ishdan haydash bo‘yicha tahdid qilar ekan, hokim, yana bir tashkilot rahbariga shunday deydi:

“Ey iflos seni men qo‘yganman. Sen ikkita frontga o‘ynayapsanmi? Anavu sog‘liqni saqlashni men qo‘ymaganman, shunga u menga tupurib yuribdi”.

Keyin hokim yana bir o‘rinbosariga yuzlanib shunday deydi:

“Yo‘qoting anvu GorONOni, yo‘qoting. Bilasizmi meni hozir viloyat hokimi kulьturniy xijolat qilib qo‘ydi, atrofimda qanaqa o‘yinchilar borligini eslatib qo‘ydi. Men prosto, o‘rinbosarlarimga ishonib har xil ifloslarni olib kelib oldimda, atrofimga”, deydi Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev.

Ozodlik Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaevning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lanishga harakat qildi. Biroq hokimning mobil telefoni ham, qabulxonasi ham javob bermadi.

Jarima ham kor qilmadi

Dilmurod Rahmatullaev o‘tgan yili o‘qituvchi va mahalla raislarini haqorat qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi (haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish) bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan edi

Sudning qarori bilan D.Rahmatullaev O‘zbekiston Respublikasi MJtK 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

O‘zbekistonda belgilangan eng kam ish haqining 30 baravari 5 million 167 200 so‘mga tengdir.

Hokim yana qanday jazoga tortilishi mumkin?

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga ko‘ra, Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqshunoslarning aytishicha, agar shaxs bir yil orasida yana shunday qonunbuzarlik qilsa, sud unga nisbatan eng maksimal darajadagi jarimani qo‘llashi mumkin.

“Mening ortimda viloyat hokimi turibdi, xohlagan joyingga bor!”

Ozodlik o‘tgan va bu yil davomida bir necha nafar anijonlik hokimlarning qo‘l ostidagi rahbarlarni, ayollarni, o‘qituvchi, shifokorlarni haqorat qilgani haqida xabar bergan edi.

Ammo, bu xabarlar ortidan ham shahar va tuman hokimlari shaxslarni tahqirlash va haqorat qilishda davom etmoqda.

Ismi sir qolishini so‘ragan Andijon tumani hokimligi mulozimlaridan birining aytishicha, hokimlarning haqoratlariga viloyat hokimining o‘zi yo‘ ochib bermoqda:

“Mana, yaqinda Andijon tumani hokimining haqoratlari haqida yozgan edilaring. To‘g‘ri, shundan so‘ng u majlis qilmay, o‘rinbosarlariga topshirib qo‘di. Lekin so‘nggi majlislardan birida maqtandi. Aytishicha, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov unga "Ozodlik radiosidan qo‘rqma, men orqangda turibman. Ozodlikka meni ishlarimga aralashma, demadingmi", deb aytgan ekan. Viloyat hokimi “ol kish” deb turganidan keyin bu hokimlar xalqni hurmat qilardimi”, deydi mulozim.

Andijon so‘kong‘ich hokimlarining "sevimli" haqorat so‘zlari

Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev.

U o‘tgan yilning oktabr oyida Toshkent viloyatiga poezdda paxta terimiga kam odam jo‘natgan kollejlar va litseylarning erkaku ayol direktorlarini hokim “hayvon”, “shakal”, “eshak”, “padaringga la’nat” kabi tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilgan edi.

Dilmurod Rahmatullaev 18 noyabr kuni o‘tkazilgan majlisda ikki nafar keksa mahalla faolini “shakal, kampir, harom” kabi so‘zlar bilan haqorat qilgan edi.

Bo‘z tumani hokimi Abdurashid Mamirov

Andijon viloyati Bo‘z tumani hokimi Abdurashid Mamirov o‘tgan yilning 11 dekabrida hokimlikdagi yig‘ilishda bog‘cha, maktab va kollej rahbarlarini “nahs, tvar, itdan tarqagan, harom” kabi so‘zlar bilan haqorat qilgan edi.

Andijon tumani hokimi Ulug‘bek Isomiddinov

Andijon viloyat, Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinov fermerlar bilan 25 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilishda chigit ekishda qo‘llaniladigan “plyonkaga” pul o‘tkazmagani uchun fermerlarni “hayvon, iflos, shakal” deb, haqorat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG