Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:04

Dress-kod: Toshkent viloyati maktablarida o‘quvchilarga do‘ppi kiyish buyurildi


Ba’zi ota-onalar o‘z farzandlaring do‘ppi kiyib maktabga borishini istashadi.
Ba’zi ota-onalar o‘z farzandlaring do‘ppi kiyib maktabga borishini istashadi.

Toshkent viloyatidagi bir necha maktablarda o‘quvchilarga maktab formasining bir qismi sifatida do‘ppi kiyish buyurilgan. Bo‘stonliq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi Ozodlik suhbatlashgan maktab o‘qituvchilari mahalliy mulozimlar tavsiyasiga ko‘ra¸dars paytida o‘quvchi qizlar iroqi do‘ppi va o‘g‘il bolalar chust do‘ppi kiyib o‘tirganini aytishdi.

2 fevral kuni O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligidagi Ozodlik suhbatlashgan mulozim esa¸ vazirlik darajasida bunday tavsiya yo‘qligi¸ lekin mahalliy mulozimlar tashabbusi esa qonunga zid emasligini bildirdi.

O‘quvchilar boshyalang bo‘lishi kerak

Farg‘ona¸ Andijon va Xorazmdagi Ozodlik suhbatlashgan maktab direktorlarining aytishicha¸ o‘quvchilar formasi bo‘yicha yo‘riqnomada do‘ppi nazarda tutilmagan. Ularga ko‘ra¸ o‘quvchilar dars paytida boshyalang o‘tirishlari kerak.

Toshkent viloyati O‘rta chirchiq tumanidagi maktab o‘qituvchisining aytishicha¸ ular Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra¸ o‘quvchilarga do‘ppi kiydirishgan.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ta’lim- tarbiya bo‘limi boshlig‘i Anvar Qurbonov Ozodlik muxbiri savoliga “bu mavzuni izohlashni istamayman” deya qisqa javob bilan kifoyalandi.

Prezident tashabbusi?

O‘zbekiston xalq ta’lim vazirligi mulozimi ismi aytilmaslik sharti bilan Ozodlikning ba’zi savollariga javob berdi. Unga ko‘ra¸ “yosh avlodda ma’naviyatni shakllantirish va qimmat hamda arzon kiyim o‘rtasidagi farqni yo‘qotish uchun” prezident Shavkat Mirziyoev respublikada maktab formasini joriy etish taklifini kiritganidan keyin Toshkent viloyatidagi maktablarda tajriba tarzida do‘ppi kiyish joriy qilingan:

"2017 yil avgust oyida milliy qadriyatlarimizga mos maktab formasi vazirlikda muhokama qilindi va bu yuzadan tavsiyalar berildi. Lekin do‘ppi kiysin degan tavsiya berilmadi. Tumanlardagi aholi tashabbusi bilan¸ milliy madaniyatimiz ramzi bo‘lgan do‘ppi kiyishayotgan bo‘lsa bu yerda qonunga zid narsa yo‘q"¸ deydi mulozim.

O‘zbekistonlik bloger Shukurjon Islomov Ozodlik bilan suhbatda o‘quvchilarning milliy do‘ppi kiyib maktabga borishini “ma’qul ish” deb atadi va o‘g‘lining do‘ppi kiyib turgan rasmini yubordi.

​Suhbatdoshga ko‘ra¸ uning o‘zi ham to‘qsoninchi yillarda maktabga do‘ppi kiyib borgan.

Do‘ppiga qarshimiz

Ayni paytda Toshkent viloyatidagi ota-onalardan ba’zilari o‘z farzandlarining do‘ppi kiyib maktabga borishini ma’qullamasligini Ozodlikka aytishdi.

Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiladigan Mirjalol Otaxonov ikki farzandining maktab formasiga qo‘shimcha sifatida do‘ppi sotib olib berish og‘irlik qilganini Ozodlik bilan suhbatda aytdi:

- Pul yig‘ib hammaga bir xil bichimda do‘ppi sotib olamiz deyishdi. Men borib vazirlikning buyrug‘ini ko‘rsating, dedim. Ko‘rsatmadi. Menimcha bunaqa buyruq umuman bo‘lmasa kerak. Direktor buyruqni ko‘rsatolmadi. Galstuk ham majburiy dedi. Qizlar sochlarini ikkita qilib o‘rib yursin ham deyishdi¸ deydi suhbatdosh.

O‘zbek o‘quvchilarining maktabga do‘ppi kiyib borishi ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama qilindi. Fasebook ning potrebitel.uz sahifasidagi tortishuv qatnashchilari o‘quvchilarning sinfda do‘ppi kiyib o‘tirishiga asosan salbiy munosabat bildirishdi. Sahifa yuzeri Irina Starchikova “Toshkent viloyatidagi o‘quvchilarni do‘ppi kiyishga majburlanishni qonunga zid” deya ta’kidlab, bu yuzadan yuqori tashkilotlarga arz qilajagini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev o‘tgan yilning yozida o‘tkazilgan videoselektorda umumta’lim maktablarida maktab formasini joriy etilishi tarafdori ekanligini ma’lum qilgan edi.

O‘quvchilarning do‘ppi kiyishi tarmoqlarda muhokama qilinmoqda
O‘quvchilarning do‘ppi kiyishi tarmoqlarda muhokama qilinmoqda

O‘tgan yili Tojikistonning So‘g‘d viloyatida o‘quvchilarning do‘ppi kiyishi bo‘yicha tashabbus bilan chiqilgan edi.

Turkmanistonda 1991 yildan beri turkmancha do‘ppi maktab formasinning ajralmas qismi sifatida qonunlashtirilgan.

XS
SM
MD
LG