Линклар

Шошилинч хабар
20 январ 2021, Тошкент вақти: 00:01

Turkmaniston shimolida aholining "ortiqcha" uni musodara qilinmoqda


Turkmanistonning shimoliy mintaqalari rasmiylari un taqchilligi bilan bog‘liq muammoni mahalliy aholining uylaridagi “ortiqcha unlar”ni topish va ularni musodara qilish yo‘li bilan hal qilishga urinmoqda.

Bu haqda Ozodlik radiosining Dasho‘g‘uzdagi manbalari xabar qildi.

"Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketish maqsadida o‘ziga to‘q odamlarning uylarini tekshirish, hamda har bir kishi boshiga ma’lum vaqt to‘g‘ri keladigan me’yordagi undan ortiqchasini musodara qilish ko‘zda tutilmoqda", - dedi o‘z nomini oshkor qilishni istamagan Dasho‘g‘uz viloyatining Ruxubelent tumanida istiqomat qiluvchi manba.

Uning aytishicha, ayni damda maxsus nazorat komissiyasi aholini ortiqcha un mahsulotlari musodara qilinishidan ogohlantirmoqda.

Un mahsulotlarini musodara qilish ehtimoli haqida Dasho‘g‘uzdan kelgan xabar mamlakatda un mahsulotlari taqchilligi kuzatilayotgan bir paytga to‘g‘ri kelldi. O‘tgan yilning dekabri boshlaridan beri nafaqat viloyatlarda, balki Turkmaniston poytaxti do‘konlarida ham un ta’minotida uzilishlar tez-tez sodir bo‘lmoqda. Shu bilan birga mahsulotning narxi ko‘tarilib bormoqda.

Ozodlikning Turkmanistondagi manbalarining so‘zlariga qaraganda, un yetishmovchiligi va narxlarning oshib borayotganini ko‘rgan aholi har ehtimolga qarshi un g‘amlab qo‘yishga majbur bo‘lmoqda. Dasho‘g‘uz viloyatining yana ikkita mintaqasidagi manbalarning xabar qilishicha, Koneurgench va Boldumsaz tumanlarida uyida un sotayotgan ayrimlarning uylari tintuv qilingan.

"O‘tgan haftada amaldorlar aholini ogohlantirib, kimda kim uyida un sotadigan bo‘lsa, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini aytishdi", - dedi “Ozodlik” suhbatdoshi.

XS
SM
MD
LG