Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:46

OzodNazar: "Mirziyoev ham xalqqa berilayotgan erkinlikni cheklashga majbur bo‘ladi!"


Saytlardan biri shu surat ostida o‘zbek xotin-qizlari uchun islomiy hayot afzalliklari targ‘ib qilinuvchi maqola e’lon qildi. Surat Maks Pensonniki. XX asrning 20-, 30- yillari.
Saytlardan biri shu surat ostida o‘zbek xotin-qizlari uchun islomiy hayot afzalliklari targ‘ib qilinuvchi maqola e’lon qildi. Surat Maks Pensonniki. XX asrning 20-, 30- yillari.

19 fevraldan boshlab Zo"rTVda "Sevgi iztirobi" turk seriali namoyishi to‘xtatib qo‘yildi. Bu voqea serialning keyingi haftalar davomida ijtimoiy tarmoqlardagi faol dindorlar tomonidan "sof islomiy axloq normalari va milliy mentalitetga zid", degan ayblovlari fonida yuz berdi.

O‘zbekistondagi ayrim saytlar “Sevgi iztirobi” filmini turkchadan o‘zbekchaga dublyaj qilgan aktyorlarga "millat xoini" tamg‘asi bosishgacha borib yetdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek yuzerlarini ikki qutbga bo‘lgan bu voqea¸ demokratik qadriyatlar himoyasi bilan shug‘ullanib kelayotgan faollar tomonidan "diniy radikallarning Mirziyoev xalqqa berayotgan erkinlikni konstitutsiya va qonunlarga zid ravishda suiste’mol qilayotgani ifodasi" sifatida baholanmoqda.

80-yillardan beri o‘zbek jamiyati¸ davlat boshqaruvida demokratik qadriyatlar o‘rinlashishi uchun kurashib kelayotgan muxolifat faoli¸ asosan, dindorlar haqlari himoyachisi Dilorom Ishoqovaning fikricha¸ "din va so‘z erkinligidan demokratik qadriyatlarga hujum qilish¸ boshqalar haqlarini cheklash¸ fundamental islomga qaytish g‘oyalarini agressiv shaklda targ‘ib qilish uchun foydalanish millat va davlat xavfsizligiga jiddiy tahdiddir".

Karimov davrining eng mazlum qatlami sifati tanilgan o‘zbekistonlik dindorlarning faol qatlami demokratik davlat tamoyillarini ochiq inkor etishda davom etaversa¸ Ishoqovning ta’kidlab aytishicha¸ Shavkat Mirziyoev ham¸ Islom Karimov kabi bu qatlam va ular ortidan butun xalqqa berilayotgan erkinliklarni cheklashga majbur bo‘ladi.

Kuzatuvchi ishonchiga ko‘ra¸ bugun O‘zbekistonda o‘zini sof islom qo‘riqchisi¸ musulmon qadriyatlari himoyachisi deb ko‘rsatayotgan qatlam turk serialini efirdan olib tashlash bilan to‘xtamaydi:

- Bular (radikal dindorlar) 21-asr¸ boshqa din vakillari yoki umuman dinga ishonmagan olimlarning asrlar davomida erishgan yutuqlari mevasi bo‘lgan Internet va aqlli telefonlar vositasida hammamizni 7-asrga qaytarish orzusida. Navbatdagi qadam¸ ayollarga hujum bo‘ladi. Ayol kishiga bitta serial ko‘rib fohisha bo‘lib ketadigan aqli noqis deb qaraydigan bu qatlam¸ endi ularni hijobga¸ paranjiga tiqish¸ uydan ko‘chaga chiqarmaslikni targ‘ib qilib chiqadi. Keyin xotin-qizlarga maktab-ilm harom qilinadi. Bu yog‘i¸ qarab turibsizki¸Tolibon va "Islom davlati". Bugungi hukumat ham bunday xavfning real ekanini yaxshi biladi¸ deydi umrining 30 yilga yaqinini dindor qatlam haqlarini himoya qilishga sarflagan huquq faoli Dilorom Ishoqova afsus bilan.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:28 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG