Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:43

O‘zbekistonliklar tushgan yana bir avtobus Aqto‘beda halokatga uchradi


Aqto‘be viloyatida yo‘lovchi tashuvchi avtobus bilan ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi (YTH) natijasida kamida yetti kishi jarohatlandi va kasalxonaga yetkazildi. Bu haqda Aqto‘be viloyat ichki ishlar departamenti xabar qildi.

Yo‘l-transport hodisasi, politsiya xabariga ko‘ra, 25 fevral kuni Samara - Chimkent trassasida Xromtov tumanidagi Joziq posyolkasi yaqinida ro‘y berdi. Aqto‘be viloyati IID xabariga qaraganda, avtobus O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan edi, avtobus salonida 25 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

«Mercedes rusumli avtobusning 35 yoshli haydovchisi Aqto‘be shahri tomondan kelaturib, Xromtov shahri yo‘nalishida ketayotganida rulni boshqara olmay qolgan va avtobus yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilib tushgan. YTH natijasida avtobusning yetti yo‘lovchisi – O‘zbekiston fuqarolari – turli xil jarohatlar olib, Xrotov shahrining tuman markaziy kasalxonasiga yotqizildi», — deyiladi departament matbuot xizmatning xabarida.

Ақтўбеда Ўзбекистон фуқаролари кетаëтган автобус ҳалокатга учради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:53 0:00

Politsiya “Transport vositalarini boshqarayotgan shaxsning yo‘l harakati yoki transport vositalarini boshqarish qoidalarini buzishi” moddasi bo‘yicha tergov boshlanganini xabar qildi.

18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lining Qozog‘iston Aqto‘be viloyatidan o‘tadigan qismida avtobusda ketayotgan 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG