Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 21:01

Dushanbeda Mirziyoevni kutib olishga 12 ming talaba mashq qildirilmoqda (VIDEO)


Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 9 mart kuniga belgilangan davlat tashrifiga tayyorgarlik hozirdan boshlangan. Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi tojik xizmati muxbiri xabariga ko‘ra, Tojikiston oliygohlari talabalari va maktablarning yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat ja’mi 12 ming odam Mirziyoevni kutib olish ssenariysi bo‘yicha repetitsiya qilinmoqda.

Dushanbe shahridagi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi tojik xizmati muxbirining xabar berishicha, har kuni 12 ming talabaga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni kutib olish mashqi qildirilyapti.

- Ular aeroport yo‘lida prezident Mirziyoev kelgan payt ikki mamlakat bayroqlarini silkitib turadi. Har kuni talabalar o‘qishdan olinib, repititsiya qildirilmoqda, - dedi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Dushanbedagi muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 9 mart kuni Tojikistonga davlat tashrifi bilan boradi.

Bu Shavkat Mirziyoevning prezident lavozimiga o‘tirganidan buyongi Tojikistonga ilk davlat tashrifi bo‘ladi.

1 mart kuni O‘zbek-Tojik chegarasida o‘nta nazorat-o‘tkazish nuqtasi ochilganini qo‘shni xalqlar katta tantana bilan qarshi olgan edi.

- Tojikistonliklar Shavkat Mirziyoevga katta umidlar bilan qaramoqda.Chunki Islom Karimov O‘zbekistonni boshqargan paytda O‘zbekiston tomonidan ikki qo‘shni mamlakat orasida viza tartibi joriy qilinib, chegaralar yopilgan, ayrim joylari minalashtirilgandi. Hozir tojikistonliklar ikki mamlakat orasida viza tartibining bekor qilinishini sabrsizlik bilan kutishmoqda, - deydi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining tojik xizmati muxbiri.

Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga safari davomida ikki qo‘shni mamlakat orasidagi chegara, iqtisodiy, savdo, madaniy hamkorliklarga oid bir qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG