Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:58

Ijtimoiy tarmoqlar yuzma-yuz suhbatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Telegramma ixtiro qilinganidan beri televidenie, smartfonlar hamda ijtimoiy tarmoqlar kabi yangi texnologiyalar yuzma-yuz munosabatlarni ozaytirishi va inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ko‘p xavotir bildirib kelinadi. Ammo Missuri hamda Kanzas universitetlari izlanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy munosabatlarga yoki ijtimoiy sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini aniqladi.

Missuri universiteti Jurnalistika maktabi professori Maykl Kirni:

- Hozirda Facebook va Snapchat kabi ilovalarda ko‘p vaqt o‘tkazish yuzma-yuz ijtimoiy munosabatlar ozayishiga olib keladi, deb ishoniladi. Ammo natijalarimiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keyingi ijtimoiy munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatdi, - dedi.

Tadqiqotchilar ushbu nazariyani tekshirish uchun ikki sinov o‘tkazgan. 2009 yildan 2011 yilgacha o‘tkazilgan sinov ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdagi o‘zgarishlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalardagi o‘zgarishlar o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini ko‘rsatgan. Aksincha, ijtimoiy tarmoqdan foydalangan izlanish qatnashuvchilarining ruhiy ahvoli yaxshilangan.

Ikkinchi tadqiqot davomida voyaga yetganlar hamda talabalar besh kun davomida SMS orqali so‘rov qilingan. Tadqiqot natijalari ertalab ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kun davomida odamlar bilan bo‘lgan aloqalarga hech qanday ta’sir qilmasligini ko‘rsatgan. Ammo, bir vaqtning o‘zida kun boshlanganida yolg‘iz bo‘lgan odam passiv tarzda ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, uning ruhiy ahvoli yomonroq bo‘lishi aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarni o‘rganishda vaqt muhim unsur ekanligi aniqlangan. Masalan, Kirnining aytishicha, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazish boshqa ijtimoiy muloqot qilishga xalaqit qilmasa-da, har qanday tarmoqdan foydalanish uchun sarflangan vaqtni yuzma-yuz muloqot uchun sarflash mumkindir.

- Odamlar Internet va boshqa mediada borgan sari ko‘proq vaqt o‘tkazmoqda. Bunga sarflangan vaqt yuzma-yuz gaplashishga bag‘ishlash mumkin bo‘lgan vaqt o‘rnini olishi mumkin, ammo bu odamlar ushbu holat tufayli yutqazmoqda, degani emas, - dedi Kirni.

XS
SM
MD
LG