Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:02

Dunyodagi eng so‘nggi uch karkidonning erkagi o‘ldi, ikkita urg‘ochisi qoldi


Keniya. Dunyodagi eng so‘nggi erkak karkidon Sudan. 2017 yilning 18 iyunida olingan surat.
Keniya. Dunyodagi eng so‘nggi erkak karkidon Sudan. 2017 yilning 18 iyunida olingan surat.

Keniyada Sudan degan nom berilgan Shimoliy oq karkidonning dunyodagi so‘nggi erkak vakili o‘ldi. 45 yil yashagan Sudan shimoliy oq karkidonlar kenja turini saqlab qolish uchun kurashning ramziga aylangan edi.

Jonivor 1973 yil Janubiy Sudanda tug‘ilgan paytda mazkur kenja tur vakillarining umumiy soni taqriban 700 bosh bo‘lgan.

Endilikda dunyoda ushbu kenja turning faqat ikkita urg‘ochi vakili qoldi. Olimlar esa, turni saqlab qolish uchun sun’iy qochirish amaliyoti yetarlicha rivojlanishiga umid bog‘lagan edi.

45 yil yashagan Sudanning sog‘lig‘i keyingi paytlarda yomonlashib qolgan edi. «Ol Pajeta» qo‘riqxonasi rasmiylari «So‘nggi 24 soat ichida uning ahvoli ancha og‘irlashdi. O‘rnidan tura olmadi va juda qiynaldi. Veterinarlar uni evtanaziya qilishga qaror qildi», deb bildirdi.

Sudan umrining oxirgi yillarida markaziy Keniyada 36,4 ming gektarli savannada ikki urg‘ochi karkidon bilan yashagan.

Karkidonlar juda katta jonivorlar bo‘lgani uchun tabiatda ularga yirtqich hayvonlar tahdid sololmaydi.

Ammo karkidon shoxi an’anaviy xitoy tibbiyotida hamda Yamanda xanjar dastasi yasashda keng qo‘llanilgani uchun 1970-80 yillarda brakonyerlar Uganda, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan hamda Chadda yashagan karkidonlarni qirib tashladi.

Kongo Demokratik Respublikasida qolgan, 20-30 boshli so‘nggi yovvoyi to‘da esa, 1990-2000 - yillardagi urush davomida qirg‘inga uchradi. 2008 yilga kelib, Shimoliy oq karkidon tabiatda tuxumi qurib ketgan hayvonlar safiga kiritildi.

Zamonaviy karkidonlar Yer yuzida 26 million yildan beri yashab keladi. XIX asrda Afrikada bir milliondan oshiq karkidon bo‘lgan. 2011 yilda G‘arbiy qora karkidon qirilib ketgan hayvonlar safiga kiritilgandi.

1970- yillar oxirida Sudan Chexiyaga, hayvonot bog‘iga olib ketilgan. Bog‘da undan ikki bola tug‘ilgan bo‘lib, ular hozirda yashayotgan ikki urg‘ochi karkidondir.

2009 yilda Sudan yana bir erkak karkidon va ikki urg‘ochi karkidon bilan Keniyadagi qo‘riqxonaga yuborilgan. Ammo urg‘ochi karkidonlarni qochirishga qaratilgan harakatlar natija bermagan. Ikkinchi erkak karkidon 2014 yili o‘lgan.

Ammo, olimlar Sudanning genlarini saqlab qolgan. Hozirda ular sun’iy qochirish amaliyotini bajarish ustida bosh qotirmoqda.

XS
SM
MD
LG