Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:25

Oyoq kiyimi bilan o‘quvchini kaltaklagan kollej o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Xorazm viloyat, Urganch shahridagi Avtomobil yo‘llari kasb-hunar kollejining biologiya o‘qituvchisi Zebo Nafasova birinchi kurs o‘quvchisinini urgani uchun 14 aprel kuni ishdan bo‘shatildi.

Zebo Nafasovaniing 12 aprel kuni 17 yashar o‘quvchi Muhammad Jumanazarovni sinf o‘quvchilari oldida oyoq kiyimi bilan urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan edi.

Videoda o‘qituvchi ayol oyoq kiyimini yechib, o‘quvchini bo'yni va yuziga bir necha bor urgani va qattiq tergab¸ koyigani aks etgan.

"Sen nega dars qoldirding¸ bu ketishda kursdan kursga o‘ta olmaysan. Yana dars qoldirsang, seni yo‘qotib yuboraman"¸- degan o‘qituvchi qo‘lidagi oyoq kiyim bilan bolani bo‘yni va yelkasiga tarsillatib uradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining mulozimi Salohiddin Sanaqulov 20 aprel kuni Ozodlik muxbiri savollariga javob berarkan, “O‘quvchini urib sinfda izza qilgan urganchlik o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgani va kollejdagi ruhiy-ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha tarbiyaviy ishlar olib borilayotganligini” aytdi.

Ozodlik bilan suhbatda mulozim¸ “Dunyoning ba’zi davlatlari, xususan, Janubiya Koreyada bolalarga jismoniy jazo berishga qonun izn berishini ammo O‘zbekistonda o‘quvchilarga jismoniy jazo berish taqiqlanganini” ta’kidladi.

O‘qituvchi o‘quvchini nega urgan edi?

Ozodlik muxbiri kaltaklangan o‘quvchining qarindoshlari¸ viloyat hokimligi rasmiylari va kollej o‘qituvchilari bilan gaplashib voqeaga oydinlik kiritishga urindi.

Avtomobil yo‘llari kasb-hunar kolleji o‘qituvchilaridan birining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ birinchi kurs o‘quvchisining muntazam dars qoldirgani biologiya o‘qituvchisniing sabr-kosasini to‘ldirgan:

- Zebo Shernafasovna yaxshi o‘qituvchi¸ lekin uning ham asabi chidamay ketdi. Muntazam dars qoldirgan o‘quvchini kavushi bilan bo‘yniga urdi. O‘quvchilardan biri buni videoga olib tarmoqda tarqatib yubordi. Voqeani ertasiga 13 aprel kuni maktabga DXXdan (Davlat Xavfsizlik xizmati - tahr) odam kelib tushuntirish xati yozdirib ketdi. O‘sha kuni o‘qituvchining ishi ko‘rilib vazifasidan bo‘shatildi¸- dedi o‘qituvchi.

Biologiya o‘qituvchisidan kaltak yegan o‘quvchining yaqin qarindoshi ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka ba’zi tafsilotlarni aytib berdi:

- Muhammadning o‘zi o‘qishga ixlosi yo‘q. Necha marta kollejga ketdim, deb ko‘chada darsdan qochib yurganida ushlab olganmiz. Muhammad kollejdan ancha uzoq bo‘lgan Yangiariq tuman, Qulobod qishlog‘idan qatnab o‘qiydi. Otasi Umrbek Rossiyada ishlaydi. Onasi esa kasal. Onasi maktabga borib tushuntirish xati yozib berdi. Onasining ham, bizning ham o‘qituvchiga e’tirozimiz yo‘q. Tergagan bo‘lsa bola yaxshi o‘qisin¸ odam bo‘lsin deya yaxshi ma’noda qilgan¸ - deydi suhbatdosh.

Xorazm viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasida ishlaydigan va o‘zini Nigora deb tanishtirgan mulozima¸ kollejda o‘qituvchilarning ruhiy-ma’naviy holati yuzasidan yetarlicha ish qilinmaganini aytadi:

- Kolllej o‘qituvchisining asabi joyida emasigi videodan ko‘rinib turibdi. Biz maxsus guruh tuzib voqeani o‘rganganimizda o‘qituvchining oilasi tinch emasligi ma’lum bo‘ldi. Sal oldin biologiya o‘qituvchisi Zebo Nafasovaning turmush o‘rtog‘i giyohvand moddalar oldi-berdisida ayblanib hibsga olingan va ishi tergovda ekan. Tergovga qatnayverib o‘qituvchi ayolning asablari qaqshagan. Ammo nima bo‘lganida ham¸ o‘quvchi aybdor bo‘lganida ham o‘qituvchi qo‘l ko‘tarmasligi kerak edi¸ - dedi mulozima.

Ozodlik maktab va kollejlarda o‘qituvchining o‘z o‘quvchilariga qo‘l ko‘targani haqida bir nechta maqola e’lon qilgan edi.

2017 yilning oktabrida Jizzax viloyat, G‘allaorol tumani Lalmikor sanoat kolleji o‘quvchisi Abduvakil Turdimurodovni kaltaklaganlikda ayblangan o‘qituvchi Behzod Ubaydullaevning ishi mahkamaga oshirilgan edi.

XS
SM
MD
LG