Линклар

Шошилинч хабар
13 май 2024, Тошкент вақти: 18:15

Urgutda Yo‘l inspektori keksa haydovchi bilan mushtlashdi (VIDEO)


Самарқандда ҳайдовчи билан ЙПХ ходими муштлашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:05 0:00
Бевосита линк

Samarqand viloyatining Urgut shahrida yo‘l harakati xavfsizligi inspektori va “Niva” mashinasi haydovchisi do‘pposlashayotgani videosi ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Samarqand viloyatining Urgut shahrida yo‘l harakati xavfsizligi inspektori “Niva” mashinasi haydovchisi bilan mushtlashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videotasvirda shaxsi noma’lum militsiya xodimi bir necha hamkasbi va boshqalar qurshovida yoshi keksaroq ko‘ringan haydovchiga kuch qo‘llab, uni yerga yotqizishga urinayotgani, haydovchi ham bo‘sh kelmay militsiya xodimini oyog‘idan ko‘tarib, unga qo‘l ko‘tarayotganini ko‘rish mumkin.

Ozodlik muxbirining aniqlashicha, hodisa 5 may kuni Urgut shahri markazida bo‘lgan.

Voqea guvohlaridan birining Ozodlikka aytishicha, yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari “Niva” mashinasi haydovchisini to‘xtatishganida ikki o‘rtada janjal kelib chiqqan.

- Soat tushdan keyingi 2 lar edi. GAI xodimlari otasi tengi odamni to‘xtatishgan. O‘rtada janjal chiqadi. Shu orada militsiya xodimlaridan biri otaxonni yelkasidan qisib, yerga yiqitmoqchi bo‘ladi. Otaxon ham ancha baquvvat ekan, bo‘sh kelmadi. Eng qizig‘i GAI xodimlari va odamlar hammasi tomoshabin bo‘lib qarab turaverdi. GAI xodimlariga qoida buzarlarni aniqlash vakolati berilgan, lekin haydovchiga kuch qo‘llashga ularni haqqi yo‘qku, ayniqsa otasi tenggi odamga, - dedi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan urgutliklardan biri.

Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari “Niva” mashinasi haydovchisini to‘xtatishganida, inspektor va haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari “Niva” mashinasi haydovchisini to‘xtatishganida, inspektor va haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Kim kimga qo‘l ko‘targan?

Ozodlik hodisa yuzasidan Urgut tumani Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga bog‘landi.

Urgut YHXBsi mulozimi haydovchi militsiya xodimiga qarshilik qilgani va militsiya xodimiga qo‘l ko‘targanini aytdi.

- Bu masalani muhokama qildik. Haydovchini inspektor to‘xtatganida haydovchilik guvohnomasini berishdan bosh tortgan, militsiya xodimiga qo‘l ko‘targan. Haydovchi xato qilganini tan oldi va GAI inspektorlaridan kechirim so‘radi, - dedi Urgut YHXBsi mulozimi.

"GAI inspektorlaridan kechirim so‘ragani" aytilgan haydovchi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekistonda yo‘l harakat xavfsizligi inspektorlari va haydovchilar tortishayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqda avval ham tarqalgan.

ВИДЕО: Жиззахда милиция зобити аëлнинг сочини юлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00

O‘tgan yili Jizzaxda militsiya formasidagi kishining ayolni sochidan tortayotgani aks etgan video Ozodlikda e’lon qilingach, militsiya xodimi ustidan ma’muriy ish ochilib, ishdan bo‘shatilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolar orasida militsiya xodimlarining haq-huquqlari kamsitilayotganiga oidlari ham bor.

O‘tgan hafta Facebook sahifasining "Voditeli Tashkenta" guruhida tarqalgan videoda poytaxtning Sergeli mavzesida haydovchi yo‘l harakati inspektorini haqoratlayotganini ko‘rish mumkin.

“Jungli qonuni”

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida yuzaga keluvchi munosabatlar 1999 yil avgust oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonuni bilan tartibga solinadi.

Toshkentdagi Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov O‘zbekistonda bu qonun qog‘ozda qolib, yo‘l harakati xavfsizligida “Jungli qonuni” hukmron ekanini aytadi.

- Bu hammasi GAI tizimining qanchalar korrupsiyalashgani bilan bog‘liq. Militsiya qonunga amal qilmaydi, haydovchilar ham amal qilmaydi. Kim zo‘r bo‘lsa, yo‘l shuniki. Tanish-bilishchilik. Haydovchi bo‘sh kelsa militsiya talashini biladi va o‘zini zo‘r qilib ko‘rsatishga urinadi. Oqibatda mana shunday xolatlar kelib chiqadi. GAIni vazifasi bor haydovchini mas’uliyati bor, har ikki taraf shunga amal qilsa, hammasi qonun doirasida bo‘lsa bunaqa janjallar bo‘lmasdi. Afsuski qonunlarga amal qilinmaydi, "Jungli qonuni" hukmron yo‘l harakatida, - deydi Surat Ikromov.

O‘tgan yil iyul oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev hukumat majlisida mamlakat Yo‘l harakati xavfsizligi tizimini qattiq tanqid qilgan va xizmati faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishni tayinlagan edi.

XS
SM
MD
LG