Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 13:15

Bir oyda uchta suitsid: O‘rtachirchiq tumanida 16 yashar o‘quvchi o‘zini osdi


Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani Qo‘qonovul mahallasida 54-sonli maktabning 9 sinf o‘quvchisi F.J o‘z uyining yerto‘lasida osilgan xolda topildi. 16 yoshli bola o‘z joniga qasd qilgani gumon qilinmoqda, lekin nimaga bunday qilgani ma’lum emas.

Tuman prokuraturasi maktab o‘quvchisining shubhali o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda.

Bu O‘zbekistonda bir oy ichida maktab o‘quvchisining o‘zini osgani bilan bog‘liq Ozodlik aniqlagan uchinchi holatdir.

Marhumning qo‘shnilaridan birining iddaosicha, G‘.J o‘zini osishidan oldin otasi bilan uzoq vaqt janjallashib kelgan.

- Otasi G‘.G‘. militsiyada ishlaydi. O‘g‘lini urgan deyishyapti. Bolaning janozasida shu gapni aytishdi. Uyida hech kim yo‘qligida bola podvalga tushib, ustunga qalin latta tortib o‘zini osgan, - dedi marhumaning qo‘shnisi.

O‘rtachirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi mulozimi, Ozodlik savoliga javoban, o‘zini osgani gumonlanayotgan bolaning otasi militsiyada ishlashini tasdiqladi, uning o‘limi sabablari noma’lum qolayotganini aytdi.

- Hozir tergov ketyapti. Tergov yakunlanmagunicha hech narsa aytolmaymiz, - dedi militsiya mulozimi.

O‘rtachiqrchiq tumanidagi 54-sonli maktab o‘qituvchisi Ozodlik bilan suhbatda F.J. da ruhiy tushkunlik kuzatmagani, a’lochi o‘quvchilardan bo‘lganini aytdi.

- A’lo baholarga o‘qigan. Kecha janozasiga bordik. Hamma hayron. Biz ham nega bunday qilganini hech tushunolmayapmiz. Iqtisodiy qiyinchilik desa, oilasi ancha o‘ziga to‘q oiladan. Ruhiy muammosi bo‘lgan desak, unaqa xolatni biz kuzatmaganmiz, doim hushchaqchaq, aktiv bola edi, - deydi maktab o‘qituvchisi.

G‘.J. oilada to‘rt farzandning biri bo‘lgan. Ozodlik marhumning oila a’zolariga bog‘landi, lekin ular suhbatlashishga istak bildirishmadi.

Bu O‘zbekistonda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisining o‘zini osishi bilan bog‘liq bir oy ichida Ozodlik aniqlagan uchinchi holatdir.

3 may kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi 69-son maktab o‘quvchisi o‘z uyida osilgan xolda topilgandi.

17 aprel kuni esa Samarqand tumani 45-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘z uyi molxonasi ustuniga o‘zini osgani haqda qo‘shnilari Ozodlikka ma’lum qilgandi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida esa shu yilning o‘zida 9-sinf o‘quvchisining o‘zini osishi bilan bog‘liq ikkinchi xolatdir.

Shu yilning 18 yanvar kuni tumanning Ko‘kmo‘yin mahallasida 41-maktabning 9-sinfida o‘qiydigan qiz o‘zini osgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, har yili mamlakatda 100 ming kishidan 6 nafari o‘zini o‘ldiradi.

Ammo, kuzatuvchilar jonga qasd qilish xolatlari rasmiy raqamlarda kenl qayd qilingan raqamlarda keltirilganidan ancha ko‘pligini aytishadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham o‘tgan yil hukumat majlisida "o‘z joniga qasd qilish holatlari soat sayin ortib borayotgani"ni aytgandi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har 40 soniyada dunyoda 1 kishi o‘zini o‘ldirishi barobarida 20 kishi o‘z joniga qasd qilishga urinadi.

XS
SM
MD
LG