Линклар

Шошилинч хабар
02 декабр 2023, Тошкент вақти: 20:08

Tojikiston Muftiysi jinsiy aloqaning "noodatiy usullari" yuzasidan fatvo chiqardi


Tojikiston Musulmonlar idorasi rahbari xotinlarini g‘ayrioddiy bo‘lgan jinsiy munosabatlarga majburlaydigan erkaklarni qoraladi.

Muftiy Saidmukarram Abdulqodirzoda juma namozida qilgan va’zi davomida turmush o‘rtoqlarini ular uchun odatdan tashqari bo‘lgan jinsiy munosabatlarga, jumladan oral jinsiy aloqaga majburlaydigan erkaklar katta gunoh qilayotganini gapirdi.

Tojik ruhoniysining so‘zlariga qaraganda, bu “buzuqlik”ning manbai Internet va pornofilьmlardir.

Tojikiston Musulmonlar idorasi fatvolar bo‘limi rahbari Jamoliddin Xomushiy 11 iyun kuni o‘z erlarining harakatlaridan haqoratlanganidan ayollar shikoyat qilganidan keyin Saidmukarram Abdulqodirzoda bu nozik mavzuda fatvo chiqarganini xabar qildi. Ayollar erlari Rossiyadan qaytib kelganidan so‘ng, ularni oral jinsiy aloqa qilishga majburlay boshlashganini aytishmoqda.

Taniqli tojik vrachi va "Asrori zanoshui" (“Oilaviy hayot sirlari”) kitobining muallifi Mullozuhur Tohiriy oral jinsiy aloqa Tojikistonda keng tarqalmagan va uni kamdan-kam er-xotinlar qo‘llaydi, deb hisoblaydi. «Bunday seksni vrachlar erkaklik kuchi zaiflashgan erkaklarga tavsiya etishadi», - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin Tojikistondagi taniqli boshqa bir ruhoniy Qobiljon Boev intim maqsadlar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar, jumladan “rezina ayollar” sotilishi haqidagi g‘oyani “nomaqbul” deb hisoblashini bildirgan edi. U Olloh erkak va ayolni yaratgach, ularning hayotdagi va jamiyatdagi xulq-atvorini azaldan belgilab bergan, qolgan barcha harakatlar esa gunohkorlikdan boshqa narsa emas, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tojikiston Musulmonlar idorasi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda yaqinda sportning qoidasiz jang va boks turlarini harom, deb atagan edi.

Dushanbe shahridagi markaziy masjidda 1 iyun kungi juma namozidan oldin qilgan ma’vizasi davomida muftiy o‘z qarorini sportning bu turlari salomatlikka zarar yetkazishi bilan izohladi.

“Pul tikib o‘ynaladigan o‘yinlarning barcha turlari haromdir. Vaqtni bekorga o‘tkazishadi. Na aqlga, na tanaga foydasi bor. Bu harom”, - degan Tojikiston muftiysi.

Saidmukarram Abdulqodirzodaning fikricha, yoshlarning kurash bilan shug‘ullanishi joizdir.

O‘tgan yil kuzida Tojikistonning Yoshlar va sport ishlari qo‘mitasi maktablar sport maktablarida sportning 9 turi bo‘yicha seksiyalarni taqiqlab qo‘ygan edi. Taqiqlangan sport turlari orasida professional boks, qo‘l jangi va boshqalar bor.

XS
SM
MD
LG