Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 19:43

DXX AQShdan qaytgan Zokir Alievning sobiq O‘IH a’zosi sifatida hibsga olinganini bildirdi


"O‘zbekiston islomiy harakati"ning boshqa a’zolari bergan ko‘rsatmalar asosida Zokir Aliev 2005 yilda qidiruvga berilgan.
"O‘zbekiston islomiy harakati"ning boshqa a’zolari bergan ko‘rsatmalar asosida Zokir Aliev 2005 yilda qidiruvga berilgan.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining milliy agentlikka bildirishicha¸ 2014 yili AQSh fuqaroligini olgan asli qashqadaryolik Zokir Aliev dunyoning aksar davlatlari¸ xususan¸ AQShda xalqaro terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan “O‘zbekiston islomiy harakati”ga a’zolik aybi bilan 16 iyun kuni qo‘lga olingan.

46 yashar chiroqchilik Zokir Aliev mazkur guruh faoliyatiga aloqadorlikda gumonlanib¸ 2000 yillar boshidan O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan.

DXXning O‘zAga bildirishicha¸ Aliev “qo‘lga olish jarayonida noqonuniy faoliyatiga iqror bo‘lgan”.

Milliy agentlik chop etgan rasmiy baënotga ko‘ra¸ Aliev 2000 yili O‘IHga bay’at keltirgan¸ Afg‘onistonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib¸ hukumat va xalqaro koalitsiya qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashgan.

O‘IHning boshqa a’zolari bergan ko‘rsatmalar asosida O‘zbekiston DXXsi (sobiq MXX) 2005 yili Alievga nisbatan Jinoyat Kodeksining 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish)¸ 223 (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) va 2442 ( Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik aybi bilan 646-sonli jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan berilgan viza bilan O‘zbekistonga qaytgan Aliev ustidan bundan 13 yil avval ochilgan jinoiy ishning bundan so‘ng davom etish-etmasligiga oid rasmiy ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistonda rasman qidiruvda bo‘lgan shaxsning Vashingtondangi o‘zbek elchixonasidan qanday qilib o‘zbek vizasi olgani tafsilotlari ham hozircha ochiqlanmadi.

AQSh vatandoshi Zokir Aliev Qashqadaryoda militsiya tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risida 17 iyun kuni “O‘tyuraklar klubi” Inson huquqlarini himoya qilish Xalqaro tashkiloti ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, prezident Shavkat Mirziyoevning chaqirig‘idan ilhomlanib, Qashqadaryodagi yaqinlarining uyiga mehmonga borgan AQSh vatandoshi Zokir Aliev 16 iyun kuni Qarshi shahar IIB tomonidan hibsga olingan.

“Zokir Alievga Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi yaqinlari taklifnoma yuborgan, OVIR tasdiqlagan va Tashqi Ishlar vazirligi viza ruxsati chiqargan. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi Aliev pasportiga 90 kunga viza qo‘ygan. Zokir Aliev ota-onasining uyiga qadar eson-omon yetib borgan. Yaqinlari bilan ko‘rishgandan keyin bir soat o‘tib, Qarshi shahridan kelgan ichki ishlar xodimlari olib ketishgan", deyiladi tashkilot tomonidan tarqatilgan xabarda.

“O‘tyuraklar klubi”ning bildirishicha, Zokir Aliev AQShda xususiy soliq kompaniyasining rahbari hamda tadbirkordir.

Tashkilot¸ Zokir Alievni ozod qilish chaqirig‘i bilan prezident devoni, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklariga murojaat jo‘natgan.

Zokir Aliev a’zosi bo‘lganlikda ayblanayotgan "O‘zbekiston islomiy harakati" Karimov hukumati tomonidan milliy xavfsizlikka asosiy tahdidlardan biri sifatida ko‘rilgan.

MXX O‘zbekiston hududida 90-yillar oxiri va 2000 yillar boshida sodir etilgan qator terror xurujlari uchun O‘IHni ayblagan.

1992 yili asli namanganlik Tohir Yo‘ldosh tomonidan Tojikistonda ta’sis etilgan "O‘zbekiston islomiy harakati" o‘z faoliyatini Tojikistondagi fuqarolar urushi tugaganidan so‘ng toliblar homiyligida Afg‘oniston va Pokiston hududlarida davom ettirdi.

2009 yili Tohir Yo‘ldosh Vaziristonda o‘ldirilganidan so‘ng parchalanib ketgan bu harakatning bir qismiga uning kuyovi Usmon G‘oziy yetakchilik qildi.

2015 yilda Usmon G‘oziy harakatning tugatilib¸ "Islom davlati" ekstremistik guruhi safiga qo‘shilganini e’lon qildi. 2015 yil dekabrida Tolibon yetakchilari Usmon G‘oziyning o‘ldirilganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG