Линклар

Шошилинч хабар
15 январ 2026, Тошкент вақти: 02:41

OzodDayjest: Prezidentning ta’lim xodimlari malakasini oshirish haqida qarori urra-urrachilik bilan bajarilmoqda


Dori vositalari savdosini cheklash haqida xat yozgan Urganch prokurori jazolanadi. Sirdaryodagi ot bazasi ayanchli ahvolga tushib qolgan. O‘zbek matbuoti ta’lim xodimlari malakasini oshirishda urra-urrachilikka yo‘l qo‘yilayotgani haqida yozmoqda. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Dori savdosini cheklash haqida xat yozgan Urganch prokuroriga nisbatan tekshiruv olib borilmoqda

“Xorazm dori-darmon” kompaniyasi va tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga 10 turdagi dori vositalari savdosini cheklash haqida xat yozgan Urganch tumani prokurori D.Madirimovga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda (“Darakchi”, 28 iyun). Bu haqda xabar bergan Xorazm viloyat prokuraturasiga ko‘ra, tuman prokuroriga nisbatan tekshiruv yakunida tegishli jazo qo‘llanadi. Viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgan xato ma’lumot tarqatilgani uchun aholidan uzr so‘ragan. Eslatib o‘tamiz, joriy yil 18 iyun kuni yozilgan maktubda Urganch prokurori Qozog‘istonning Olmaota shahrida 12 nafar bola 10 turdagi dori vositalari (amoksitsillin, kapesula va boshqalar)ni qabul qilishi oqibatida vafot etgani, shu bois mazkur dori vositalarining sotuvga chiqarmaslik haqida ogohlantirgan edi. Prokuror D.Madirimov xatiga asos bo‘lgan “Qozog‘iston voqeasi” aslida ro‘y bermagani aniqlangan.

Sirdaryo: Bir paytlar dongdor tulporlar yetishtirilgan maktabda bugun bor-yo‘g‘i besh-oltita jaydari ot qolgan

Sirdaryo viloyati sport maktabi qoshidagi ot bazasi bugungi kunda o‘ta og‘ir ahvolga tushib qolgan (“Oila davrasida”, 28 iyun). Ushbu maskanda bir paytlar dong‘i butun mamlakatga ketgan sportchi tulporlar yetishtirilgan. Bugun esa bu yerda bor-yo‘g‘i o‘ntacha jaydari ot qolgan, xolos. Shundan ham to‘rttasi sportga yaroqsiz. “Majmuani ko‘zdan kechirar ekanmiz, bugun ot sporti bilan rosmona shug‘ullanish uchun bu yerda hech qanday sharoit yo‘qligini angladik. Nahotki, bir paytlar respublikaga mashhur bo‘lgan baza shu ahvolga tushib qolgan bo‘lsa?!” deb yozadi gazeta. Mahalliy rahbarlar esa vaziyatni o‘nglash o‘rniga ot maktabini butunlay yopishni rejalashtirmoqda.

Ta’lim xodimlari malakasini oshirishda urra-urrachilik va shoshmashosharlik

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi qarori bilan mamlakatda pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha yangi tizimga asos solindi (“Jamiyat”, 22 iyun). Biroq xalq ta’limi xodimlarining kasbiy bilim va malakasini oshirish ishlarida shoshmashosharlik va urra-urrachilik kuzatilmoqda. Malaka oshirish kurslarida o‘qigan pedagog Isroil Tillaboevga ko‘ra, dastur tuzishda amaliyotchilar hamda soha xodimlarining xohish-istagi hisobga olinmagan. Qolaversa, besh yil ichida bir marta o‘tishi ko‘zda tutilgan malaka oshirish kursi hech qanday foydasiz testlarni yodlash bilan o‘tib ketmoqda. Qayd etilishicha, yangi malaka oshirish tizimida foydasiz yuklama va testlardan voz kechib, kasbiy faoliyatga doir fanlarni ko‘paytirish lozim.

XS
SM
MD
LG