Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:25

CPJ Kremlni matbuot erkinligiga to‘siq qo‘ymaslikka chaqirdi


Rossiyadagi mustaqil jurnalistlar va xorij agentliklari muxbirlariga nisbatan bosimning kuchayib borayotgani tanqid va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Rossiyadagi mustaqil jurnalistlar va xorij agentliklari muxbirlariga nisbatan bosimning kuchayib borayotgani tanqid va noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

Jurnalist va bloggerlarni “chet el agentlari” deb atash Rossiya hokimiyat idoralarining axborot erkin oqimiga to‘sqinlik qiluvchi “tizimli siyosati”dagi yana bir qadam bo‘ldi.

Bu haqda CPJ - Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi bayonot tarqatdi.

Bosh qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan ushbu tashkilotning 3 iyuldagi bayonotida Rossiya hokimiyat idoralaridan “bu ishdan qaytish” va rossiyaliklarning “keng qamrovli manbalardan” axborot olishiga to‘sqinlik qilmaslik so‘raladi.

3 iyul kuni Rossiya Davlat Dumasining Axborot va kommunikatsiya masalalari qo‘mitasi ommaviy axborot vositalari faoliyatiga oid qonunga kiritilajak o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Agar u qabul qilinsa, hokimiyat idoralariga jismoniy shaxslarni “chet el agenti” deb atash huquqi beriladi. Bunday yorliq Adliya vazirligi “chet el agenti” deb atagan tashkilotlarda ishlaydiganlarga beriladi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, bunday shaxslarning ishi audit qilinishi, har ikki yilda bir marta faoliyati haqida hisobot topshirishi, barcha tayyorlayotgan materiallariga “chet el agenti” yorlig‘ini qo‘yishi talab etiladi.

Yangi o‘zgartirishlar Davlat Dumasi yanvar oyida qabul qilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qish oldidan tayyorlandi.

Loyihani qonun kuchiga ega bo‘lishi uchun parlamentning ikkala palatasi tasdiqlashi va prezident Vladimir Putin imzolashi kerak.

So‘nggi takliflarni berganlardan biri, Davlat Dumasining Axborot va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Levindir. Bu deputatning “Interfaks” axborot agentligiga xabar qilishicha, jismoniy shaxslarga “chet el agenti” yorlig‘ini berish uchun Tashqi ishlar vazirligi va Bosh prokuratura mas’ul bo‘ladi. Bu ish Adliya vazirligining “jismoniy shaxslarga nisbatan tasodifiy qarorlar qabul qilishi”dan himoyalash maqsadida qilinmoqda.

Levinga ko‘ra, bundan “chet el agentlari axborotini shunchaki ko‘chirib bosayotgan” bloggerlar “zarar ko‘rmaydi”.

Xabarlarda keltirilishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida vebsayt va boshqa ommaviy axborot vositalarini sud qarorisiz to‘sishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid bandlar bor.

Qonun loyihasi o‘z xorij matbuotida ishlayotgan jurnalistlarga ham chet el agenti degan yorliq berilishi mumkinligi xususida xavotirlarni yuzaga keltirdi.

O‘tgan yil noyabrida Vladimir Putin imzolab kuchga kiritgan qonunda chet eldan moliyalashtirilayotgan axborot vositalariga “chet el agenti” yorlig‘i berilishi belgilab qo‘yilgan edi. Ushbu qonun Qo‘shma Shtatlarida Rossiya axborot vositalari siquvga olindi¸ degan iddao bilan ishlab chiqildi.

Rossiya Adliya vazirligi o‘tgan yil dekabrida “Amerika ovozi”, “Ozod Yevropa/Ozodlik” radiostansiyalari va boshqa bir qancha chet el axborot agentliklarini “chet el agenti” sifatida ro‘yxatga oldi.

AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar Kremlning Ukrainaga nisbatan tajovuzi va Qo‘shma Shtatlardagi 2016 yilgi prezident sayloviga aralashganiga oid gumonlar ortidan keskinligicha qolmoqda.

XS
SM
MD
LG