Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:07

Ko‘pchilik biladigan dorining miya saratonini davolashga yordam berishi mumkinligi aniqlandi


Glioblastoma miya saratonining agressiv turi bo‘lib, odatda juda tez kuchayadi va borib-borib bemorga dori-darmon ta’sir qilmay qo‘yadi.

Kasallikni davolashda eng ko‘p qo‘llaniladigan temozolomide (TMZ) dorisi har doim ham kutilgandek natija bermaydi.

Dori o‘smalar kattalashishiga yo‘l beruvchi ayrim proteinlar faoliyatini to‘xtatish uchun bemor DNKsini o‘zgartiradi. Ammo ba’zi hujayralar TMZ ta’siriga qarshilik ko‘rsata oladi.

Medicalnewstoday.com​ nashriga ko‘ra, Chikago universiteti tadqiqotchilari atsetazolamid dorisi (Diamox nomi bilan sotiladi) glioblastoma hujayralari ko‘rsatadigan qarshilikni ozaytirishi mumkinligini aniqlagan. Atsetazolamid balandlik kasalligi, glaukoma va boshqa xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi. Bu kashfiyotdan atsetazolamid TMZ ta’sirini oshira olishi mumkinligini xulosa qilish mumkin.

Tadqiqot yetakchisi doktor Baxtiyor Yamimiy yangi kashfiyot tekshiruvlardan o‘tsa, atsetazolamid qulay davolash vositasiga aylanishini aytdi. Sababi, doktorning aytishicha, bu dorini ishlab chiqarish oson bo‘lib, uning yon ta’siri ozdir.

Olimlar TMZ bilan atsetazolamid ta’sirini siqchonlarda sinab ko‘rgan. Bu ikki dorini birdaniga berish ayrim siqchonlarni davolagan, ayrimlari umrini uzaytirgan.

Endilikda TMZ va atsetazolamid bilan davolashni klinik sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Yangi kashfiyot haqida Science Translational Medicine jurnalida e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG