Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 04:00

Germaniya AESlarini yopayotgan bir paytda O‘zbekiston nega AES qurmoqchi?


Belarusdagi AES.

O‘zbekistonda quriladigan atom elektr stansiyasini 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu haqda atom elektr energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlab 10 iyulda o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoev ma’lum qildi.

Prezidentning bildiriishcha, Toshkent “Rosatom” korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stantsiyasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan. AES har birining quvvati 1 ming 200 megavattli 2ta energoblokdan iborat bo‘ladi.

Iyul oyi boshida Ozodlik radiosi “Rosatom” O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasini qurish masalasidagi kelishuvni yakuniy bosqichda muhokama qilinayotganini bildirgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Prezident rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonning elektr quvvatiga bo‘lgan talabi 69 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi.

Uning deyarli qariyb 85 foizi gaz va ko‘mirni yoqish orqali, qolgan 15 foizi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning uchun yiliga 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut va 2,3 million tonna ko‘mir sarflanadi.

Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Buning natijasida atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnaga kamayadi.

Ayni paytda ayrim G‘arb davlatlari, masalan, Germaniya mavjud AESlari ishini to‘xtatmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, shu kunda Germaniyada umumiy quvvati 9,5 GVtlik 7 ta energoblok ishlab turibdi. Bundestag 2011 yilning 30 iyunida qabul qilgan qonunga binoan mamlakat 2022 yilgacha yadro energetikasidan butunlay voz kechadi. Nemislarning bu qarori Chernobil (Ukraina) va Fukusima (Yaponiya) AESlaridagi avariyalar ortidan qabul qilingani aytiladi.

Bas, shunday ekan, nima uchun O‘zbekiston AES qurmoqchi?

Professor Anvar Ismonjonov
Professor Anvar Ismonjonov

Ozodlik bu savolni aynan shu sohaning yirik mutaxassisi, O‘shdagi Qirg‘iz-O‘zbek universitetining Xalqaro aloqalar va investitsiyalar departamenti hamda "Alterenergo" ilmiy ishlab chiqarish markazi direktori, Qirg‘iz Respublikasi Muhandislik akademiyasi akademigi, A.Eynshteyn nomidagi Xalqaro energetika akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Anvar Ismonjonovga berdi.

Профессор Анвар Исмонжонов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:43 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG