Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 04:05

Qobul aeroportidagi portlash vitse-prezident Abdurashid Do‘stum kelgan paytga to‘g‘ri keldi (video)


Abdurashid Do‘stum Kobul aeroportiga uchib keldi. 2018, 22 iyul
Abdurashid Do‘stum Kobul aeroportiga uchib keldi. 2018, 22 iyul

22 iyul, yakshanba kuni Qobul aeroportida xudkush olomon ichida turib o‘zini portlatib yubordi. Voqea Afg‘oniston vitse-prezidenti, general Abdurashid Do‘stum bor bo‘lgan avtokolonna aeroportdan jo‘nab ketayotgan paytda sodir bo‘ldi.

Portlashdan bir necha daqiqa oldin Abdurashid Do‘stum bir yil vaqtini quvg‘inda o‘tkazgan Turkiyadan vataniga qaytib kelgan edi.

Reuters ma’lumotlariga qaraganda, 14 kishi portlash qurboni bo‘ldi, 50 dan ortiq odam yaralandi, general Do‘stum jabrlanmadi. Yaralanganlar - tinch aholi va bir bola.

Hujum uchun mas’uliyatni “Islom davlati” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Генерал Дўстум суиқасддан омон қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:07 0:00

General Do‘stum o‘tgan yili may oyida, siyosiy raqibi Ahmad Ishchini o‘g‘irlab ketish va qiynoqqa solishda gumon qilinib, mamlakatni tark etgandi. Abdulrashid Do‘stumga rasmiy ayblar qo‘yilmagandi.

Afg‘oniston hukumati tomonidan Do‘stumning Anqaradan qaytishi uchun yollagan samolyot yakshanba kuni kechqurun Qobulga qo‘ndi. Uni rasmiy vakillar delegatsiyasi va ko‘plab tarafdorlari kutib oldi. General Do‘stum qaytib kelishi bilan o‘zining vitse-prezidentlik majburiyatlarini bajarishga kirishishi kutilmoqda.

63 yoshli general, o‘zbeklar sardori, vitse-prezident Abdulrashid Do‘stum birinchi marta 2017 yilning18 iyulida vataniga qaytishga harakat qilgan, lekin uning shaxsiy samolyoti Mozori Sharifga qo‘nish uchun ruxsat olmagani ortidan Turkiyaga qaytib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG