Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:34

MARda rossiyalik jurnalist O‘rxon Jamol va uning ikki hamkasbi o‘ldirildi


O‘rxon Jamol
O‘rxon Jamol

Markaziy Afrika Respublikasida (MAR) rossiyalik taniqli jurnalist O‘rxon Jamol va uning ikki hamkasbi - operator Kirill Radchenko va rejissyor Aleksandr Rastorguev otib o‘ldirilgan.

Bu xabarni O‘rxon Jamolning do‘sti va hamkasbi bo‘lgan Maksim Shevchenko Ozodlik muxbiriga tasdiqladi.

Xabarlarga ko‘ra, jurnalistlar MARga shanba, 28 iyul kuni ertalab yetib borganlar.

Rossiyalik jurnalistlar o‘limi haqida xabar bergan Frans-Press agentligi ularning jasadi Sibut shahridan 23 kilometr uzoqlikda topilganini ma’lum qildi.

O‘ldirilganlarning yonida "Izvestiya" gazetasining muxbirlik guvonomasi bo‘lgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Interfaks agentligiga ma’lum qilishicha, o‘lganlar aftidan rossiyalik bo‘lgan.

Frans-Press manbalarining bildirishicha, rossiyaliklar noma’lum qurollilar tomonidan o‘ldirilgan.

Afrika davlatidagi manba’ning "Interfaks"ga aytishicha, dastlabki farazlarga ko‘ra, qotillik o‘g‘irlik maqsadida sodir etilgan bo‘lishi mumkin.

Frans-Press xabariga ko‘ra, o‘lganlar jasadi MARdagi BMT qarorgohiga keltirilgan.

MARda mojaro 2013 yilda prezident Fransua Bozize hokimiyatdan chetlatilishi ortidan boshlangan edi.

Uning vorisi Faustin-Armene Tuadera faqat mamlakat poytaxti Bangi shahri va atrofini nazorat qiladi. MARga BMTning eng yirik - 13 ming tinchlikni saqlash kuchlari joylashtirilgan.

Mamlakatdagi katta hududlarni 15ta turli qurolli guruh nazorat qiladi.

Rossiyalik taniqli jurnalist O‘rxon Jamol harbiy mojarolar va musulmon davlatlari bo‘yicha yirik mutaxassis hisobolanardi.

U Shimoliy Kavkaz, Afg‘oniston, Iroq, Livan va Suriyada ishlagan hamda 2008 yilda Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi mojaro haqia "To‘qqiz kunlik urush xronikasi" nomli kitob yozgan.

2011 yilda Liviyaga safar qilgan O‘rxon Jamol oyog‘idan og‘ir yaralangan edi.

XS
SM
MD
LG