Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:13

"Jiddiy zarar"ning miqdorini belgilash vaqti keldi


Ozodlikka kelgan quyidagi xatni imzosiz ekanligiga qaramay o‘qidik va uni OzodMaktub ruknida e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik.

Xat muallifining yozishicha, u aynan shu matnni "O‘zbekistondagi davlat hokimiyati organlariga yuborgan", lekin xatlariga hech qanday javob olmagan. "Shuning uchun Ozodlik radiosiga murojaat qilishga majbur bo‘ldim", deb yozdi xat muallifi.

Xatni tahrirsiz berayapmiz.

***

Barchaga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan O‘zbekiston qonunlari Respublika hududida ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Qonunlarni qabul qilish - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatidir, qonun normalariga sharh berish esa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakolatlariga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining “Aybsizlik pretsumpsiyasi” qayd etilgan 23-moddasi 3-qismi 2-xatboshida - “Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi foydasiga hal qilinishi kerak.” deb belgilangan.

Ayni paytda, Jinoyat kodeksining ayrim moddalarida “jiddiy ziyon”, “jiddiy zarar” va shunga o‘xshash mavxum tushunchalar bo‘lib, bu tushunchalar shaxs harakatida jinoyat alomati bor yoki yo‘qligini belgilovchi asosiy elementdir.

Shu kunga qadar bu tushunchalarga Oliy Majlis yoki Kostitutsiyaviy sud tomonidan aniqlik kiritilmagani (tushunchasi, ta’rifi, ko‘rinishi, xajmi, mikdori belgilanmagani) sababli ushbu mavxum tushunchalarni (qonundagi shubxalar) qo‘llashda yuqoridagi protsessual qoidaga amal qilish lozim.

Lekin, Oliy sud Plenumi 17.04.1998 yildagi 11-son qarorini 27-bandida “Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazish moddiy zarar tarzida ham, boy berilgan foyda tarzida ham, shuningdek turli xil manfaatlarga boshqacha zarar yetkazishda, hokimiyat organlarining obro‘siga putur yetkazishda, og‘ir jinoyatlarni yashirishda va h.k.da ifodalanishi mumkin.” deb, Jinoyat kodeksidagi “jiddiy ziyon” tushunchasiga sharh bergan.

Eslatib o‘taman, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘grisida”gi qonunida Oliy sud Plenumiga qonunlarga sharh berish vakolati berilmagan.

O‘zbekiston Prezidenti M.Sh.Mirziyoev, 2017 yil 13 iyunda sudyalar bilan o‘tkazgan majlisida Plenumning bunday qarorlariga to‘xtalib - “Oliy sud Plenumi aksariyat hollarda qonunlarga sifatsiz sharh berish bilan cheklanib qolmoqda, eng yomoni Plenum - Parlamentimiz tomonidan qabul qilingan va Prezident tomonidan imzolangan qonunlarga mutlaqo zid bo‘lgan normalarni quyi bo‘g‘indagi sud organlari uchun bajarishni majburiy qilib qo‘ymoqda.” deb takidlab, Plenumning bu kabi bir qarori Bosh prokuror talabi asosida bekor qilinganini aytib o‘tgan.

Mana endi, shu yilgi Davlat dasturiga aloxida band (58) kiritilib, Jinoyat kodeksidagi mavxum tushunchalarga Oliy Majlis tomonidan qonun chikarish orqali aniklik kiritib, qonundagi bo‘shliqlarni bartaraf etish rejalashtirildi. (xozirga qadar bu qonun qabul qilinmagan)

Endi ushbu murojaatni asosiy mazmuniga o‘tsam, yukorida qayd etganimdek, Jinoyat kodeksidagi “jiddiy ziyon” tushunchasi qonundagi shubxa bo‘lgani sababli uni qullash mumkin emas, ya’ni “Aybsizlik prezumpsiyasi”ga asosan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi foydasiga xal etish kerak, lekin Oliy sud Plenumi bu tushunchaga sharh berib, amalda qo‘llash mumkindek xolatga keltirib, sud-tergov organlari uchun aynan bir holatga xohlasa konun, xohlamasa Plenum karoridan kelib chikib baho bergan holda korrupsiyani avj olishiga sharoit yaratib berilgan.

O‘zbekistonlik yurist

XS
SM
MD
LG