Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:53

AQSh Rossiya bilan harbiy hamkorlik qilgan ayrim mamlakatlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilmoqchi


AQSh mudofaa vaziri Jim Mettis Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalarni bekor qilish uchun parlamentga so‘rov kiritdi (arxiv surati)
AQSh mudofaa vaziri Jim Mettis Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalarni bekor qilish uchun parlamentga so‘rov kiritdi (arxiv surati)

AQSh Senati prezidentga Rossiyaning sanksiyaga tushgan mudofaa kompaniyalaridan qurol-yarog‘ sotib olgan, ammo Vashington bilan qalin munosabatlar o‘rnatishga intilayotgan mamlakatlarni jarimaga tortmaslik huquqini beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Senatda 87 ta yoqlab va 10 ta qarshi ovoz berilgan qonun loyihasi Oq Uyga yuborildi. O‘tgan haftada Vakillar palatasi qabul qilgan qonun loyihasini Donald Trapm imzolashi kutilmoqda.

AQSh mudofaa vaziri Jim Mettis Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalarni bekor qilish uchun parlamentga so‘rov kiritdi.

Ayni so‘rov mudofaa bo‘yicha keng qamrovli qonun loyihasining bir qismi sifatida tasdiqlandi.

Ushbu qonunda Rossiya bilan o‘tmishdagi munosabatlari qalin bo‘lgan, ammo ayni damda “uning orbitasidan chiqib ketishga harakat qilayotgan” Hindiston singari mamlakatlarga yordam berish mo‘ljallanmoqda.

Mettis o‘tgan oyda Kongressga yozgan xatida ushbu qonundan yirik qurol-yarog‘ eksportyorlaridan biri bo‘lgan Rossiyaga manfaat etmasligini bayon qildi.

Uning ta’kidlashicha, “qonundan faqat AQSh va u bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlar foyda ko‘radi”.

Tramp o‘tgan yili imzolagan va Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalarga oid qonunga ko‘ra, ushbu mamlakatning sanksiyaga tushgan mudofaa va razvedka tashkilotlaridan qurol-yarog‘ xarid qilgan har qanday mamlakatni Qo‘shma Shtatlar jarimaga tortishi mumkin.

Qonunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 2014 yili Ukrainaga qarashli Qrim yarim orolini bosib olgani, Suriyadagi fuqarolar urushiga aralashayotgani va 2016 yilgi AQSh prezident sayloviga aralashgani uchun jazolash ko‘zda tutiladi.

Qonun loyihasi Senatda muhokama qilinayotgan paytda yuqori palataning Xorijiy aloqalar qo‘mitasi vakili, senator Robert Menendes o‘z xavotirini izhor qildi.

Oqsoqol senatorga ko‘ra, sanksiyani bekor qilish to‘g‘risidagi qonun moddalari AQShning Rossiyani jazolash borasidagi sa’y-harakatlarini chippakka chiqarishi mumkin.

Vashington a’yonlari orasida senatorning fikrini qo‘llab-quvvatlovchilar va Rossiyaning xatti-harakatlariga shubha bilan qarovchi kishilar ko‘p. Ular sirasiga Ma’lumotlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi Graphika Inc. kompaniyasi bosh ijrochi direktori va hammuassisi Jon Kelli ham kiradi:

Ruslarning uzoqni ko‘zlagan strategik maqsadlari bor. Ular G‘arbdagi demokratiya institutlari va demokratiyaga, an’anaviy axborot manbalari va hokimiyatga ishonchni susaytirishni ko‘zlaydi. Strategik maqsad – mana shu. Yana ularning muayyan tadbir yoki saylovga ta’sir ko‘rsatish uchun hakerlik yo‘li bilan olingan axborotdan foydalanish singari ko‘plab taktik maqsadlari ham bor. Ular bu ishni o‘z atrofidagi mamlakatlarda, endi esa bu yerda ham qilmoqda.- dedi Jon Kelli.

Hindistondan tashqari, Vyetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar ham ushbu qonunga ko‘ra, Rossiyaga nisbatan qo‘llanayotgan sanksiyalardan ozod bo‘lishi mumkin.

Mettisning ta’kidlashicha, sanksiyalar bekor qilinsa, bunday mamlakatlar Rossiyada ishlab chiqarilgan va ilgari xarid qilgan harbiy uchoq, tank va boshqa qurol-yarog‘lar uchun ehtiyot qismlarni sotib olaverish imkoniga, shuning barobarida Qo‘shma Shtatlar bilan mudofaa sohasidagi aloqalarni rivojlantirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Qonunga ko‘ra, prezident o‘sha mamlakat Rossiyadan qurol-yarog‘ importini kamaytirayotgani va Qo‘shma Shtatlar bilan mudofaa sohasidagi hamkorligini rivojlantirayotganini taqdiqlashi kerak bo‘ladi.

Mudofaa to‘g‘risidagi sanksiyalarni bekor qilish ko‘zda tutilgan qonunda Hindistonga yordam berish, Turkiyani jazolash singari moddalar bor. Bunga rasmiy Anqaraning yaqinda Rossiyadan S-400 raketadan mudofaa tizimini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgani sabab bo‘ldi.

Ushbu qonunda jami harbiy xarajatlar kelgusi moliya yilida 716 milliard dollar bo‘lishi belgilab berildi.

Vashington AQSh va NATOning uzoq yillardan beri ittifoqchisi bo‘lgan Turkiyani Rossiya raketi tizimlari Shimoily Atlantika blokining havo va raketa mudofaasi tizimlariga to‘g‘ri kelmasligidan qayta-qayta ogohlantirib keladi.

Senat qabul qilgan qonun loyihasida Turkiyaga puli oldindan to‘lab qo‘yilgan eng zamonaviy F-35 harbiy qiruvchi uchoqlarini yetkazib berishni taqiqlanadi. Anqara ushbu taqiq bekor bo‘lishi uchun Rossiyadan S-400 raketadan mudofaa tizimini sotib olmasligi kerak.

Turkiya prezidenti Rajap Toyyip Erdo‘g‘an, agar Qo‘shma Shtatlar puli to‘lab qo‘yilgan F-35 qiruvchi uchoqlarini yetkazib bermasa, xalqaro arbitrajga murojaat qilish bilan ogohlantirdi.

XS
SM
MD
LG