Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:53

Toshkentlik advokat prokuraturani Rashitjon Qodirovni himoya qilishga izn bermayotganlikda aybladi (VIDEO)


Advokat Alisher Madyorov
Advokat Alisher Madyorov

Toshkentlik advokat Alisher Madyorov O‘zbekiston Bosh prokuraturasini unga mamlakat sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovni himoya qilishga izn bermayotganlikda aybladi. Ammo, Alisher Madyorov himoyasidan Rashitjon Qodirovning o‘zi voz kechganini ta’kidlagan Bosh prokuratura mulozimi prokuratura mamlakat Jinoyat-protsessual kodeksi buzmaganini bildirdi. 22 fevralda hibsga olingan 66 yashar Rashitjon Qodirov korrupsiyaga oid qator jinoyatlarda ayblanmoqda.

Advokat Alisher Madyorov Ozodlik bilan videosuhbatda Bosh prokuratura unga Rashitjon Qodirov bilan uchrashishga "turli bahonalar bilan" yo‘l qo‘ymayotganini aytdi.

Alisher Madyorovning bildirishicha, Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i U. Anvarov unga o‘z davlat himoyachisiga ega Rashitjon Qodirovning "boshqa advokat xizmatiga ehtiyoji yo‘q," deya yozma javob qaytargan.

Advokat o‘z so‘zining isboti sifatida Bosh prokuratura mulozimi bergan rasmiy javob nusxasini Ozodlikka taqdim qildi.

Prokuratura rasmiy javobi
Prokuratura rasmiy javobi

Alisher Madyorovning ishonishicha, mazkur javob bilan Bosh prokuratura O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksi talablarini buzgan:

- O‘ylaymanki, bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 52- moddasida ko‘rsatilgan talablar qo‘pol ravishda buzilgan. Chunki, ayblanuvchi o‘z himoyachisidan voz kechishdan oldin o‘sha himoyachi bilan uchrashishi kerak, xolisona gaplashishi kerak. Keyin uning voz kechgani haqida bayonnoma tuzilishi kerak. Bayonnoma tuzilmagan. Bundan tashqari, go‘yoki, xatida qaror chiqarilgan mendan voz kechishi haqida, lekin qaror xatga ilova qilinmagan. Bu - qonunbuzarlik. Himoya huquqining qo‘pol ravishda buzilganligi yana Oliy Sud 17-plenumi qaroridan kelib chiqadi. "Gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini himoyalash to‘g‘risida"gi qarorning 14-bandida ko‘rsatilganki, albatta tergov organi himoyachini taklif qilib, xolisona ayblanuvchi bilan uchrashtirib, keyin protokollashtirishi kerak. Bu qoidaga amal qilinmadi. Shuning uchun qonubuzarlikka yo‘l qo‘yildi.

Адвокат Алишер Мадиëров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:30 0:00

Advokat sobiq bosh prokuror ishi bilan hozirga qadar tanishish imkoniga ega bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.

Ammo, Bosh prokuratura rasmiysining Ozodlikka yozma ravishda bildirishicha, advokat Alisher Madyorov da’vo qilganidek, Jinoyat- protsessual kodeksining 52-moddasi buzilmagan:

"R. Qodirov protsessual tartibda (JPKning 52-moddasiga ko‘ra) davlat tomonidan berilgan advokat ishtirokida boshqa advokat (A.Madyorov) ning xizmatiga ehtiyoji yo‘qligini bildirgan. Bu holatda qonunning buzilishi kuzatilmaydi. Lekin Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi agar figurant rozi bo‘lsa, advokat A.Madyorovning xizmatidan voz kechish faktini uning ishtirokida tasdiqlanishi masalasiga tayyorligini bildiradi. Protsessual shakl, ya’ni 52-modda qoidalari buzilmagan".

O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirov joriy yilning 22 fevralida hibsga olingan edi.

2000 yildan 2015 yilga qadar O‘zbekiston prokuratura tizimiga rahbarlik qilgan 66 yashar Rashitjon Qodirov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi ("Tovlamachilik"), 167-moddasi ("O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish", 184-moddasi ("soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash"), 210-moddasi ("Pora olish") va 236- moddasi (Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Bosh prokuratura bu idoraning sobiq boshlig‘i ishi doirasida yana 24 kishiga ayblov e’lon qilinganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG