Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:59

Ramatovning "Temir yo‘llari” eksportchilarni sindirdi. Prokuratura tomonlarni murosaga chaqirdi


2018 yilning 26 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri va Bosh prokurori raisligida o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda mamlakat eksporterlari muammolari¸ xususan¸ Afg‘onistonga bug‘doy va un eksport qilish uchun belgilangan tariflarning qariyb uch baravarga oshirilishi muhokama qilingan edi.

Ozodlikka aytilishicha¸”O‘zbekiston temir yo‘llari”ning tariflarni oshirishi 250 dan oshiq xususiy tegirmon to‘xtab¸ minglab odamning ishsiz qolishi ¸ O‘zbekistonga kelayotgan eksport tushumlarining qisqarishiga olib kelgan.

Hukumat yig‘ilishining 2 iyul kuni rasmiylashtirilgan bayonida (rasmiy protokol nusxasi Ozodlikda mavjud – tahr.) Bosh prokuratura “O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkatiga birgalikda tariflarni oshirish sabablarini o‘rganib chiqish topshirilgan edi.

Bosh prokuraturaning 15 avgust kuni Ozodlikka taqdim etilgan bayonotida “O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkatiga eksporterlar bilan “o‘zaro manfaatli yechim topish” tavsiya qilingan.

Ammo tariflarni bir tomonlama oshirishga qaror qilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbariyati o‘z harakati sabablarini na undan zarar ko‘rayotgan xususiy biznes egalariga va na jamoatchilik va matbuotga izohladi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi pozitsiyasi

Davlatga qarashli “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati 28 may kuni temir yo‘l orqali tashiladigan don va un mahsulotlari, xususan, Afg‘onistonga eksport va reeksport qilinadigan ayni mahsulotlar uchun tariflarni qariyb uch baravarga oshirdi.

Yangi tariflar joriy etilgani haqida bir necha kun o‘tib xabar topgan eksport va reeksportchilar “O‘zbekiston temir yo‘lalri”ning bu qarori ustidan Vazirlar Mahkamasi¸ prezident portali va Bosh prokuraturaga shikoyat qilishga kirishdi (Ozodlikda davlat tizimlariga yuborilgan shunday shikoyatlardan o‘ndan oshig‘ining nusxasi bor – tahr.).

26 iyun kungi hukumat yig‘ilishida Bosh vazir Abdulla Aripov¸ majlisda bevosita qatnashgan tadbirkorlarning Ozodlikka bildirishicha¸ Bosh prokuraturadan ikki hafta ichida o‘z 1-o‘rinbosari Ochilboy Ramatov bu qarorining qanchalik asosli ekanini o‘rganib¸ o‘z xulosasini berishni so‘ragan.

Bosh prokuraturaning Bosh vazir va boshqa hukumat idoralariga bu so‘rov bo‘yicha qanday rasmiy xulosa bergani Ozodlikka ma’lum emas.

Ayni paytda¸ Bosh prokuratura matbuot xizmati 15 avgust kuni Ozodlikka bu masaladagi o‘z xulosasi mazmunini bayon qildi.

Bosh prokuratura mazkur masalani har tomonlama o‘rganib chiqdi. Bizning fikrimizcha, biznes davlat imtiyozlariga emas, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanishi kerak. Albatta, Bosh prokuraturaning mazkur masala yuzasidan pozitsiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” uchun majburiy emas. “O‘zbekiston temir yo‘llari” mustaqil xo‘jalik sub’ekti. Mazkur masalani hal etishda bug‘doy va un eksportyorlari bilan birgalikda har tomonlama o‘zaro manfaatli yechimga kelish maqsadga muvofiqdir»¸ deyiladi Bosh prokuraturaning Ozodlikka bergan ëzma baënotida.

Tadbirkorlar shikoyatlari¸ qolvaersa Bosh prokuraturaning bu tavsiyasi yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari»dan munosabat olishning hozircha imkoni bo‘lmadi.

15-17 avgust kunlari Ozodlik “O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkatining na bu qarorga aloqador mutassadilari¸ na shirkat matbuot xizmati bilan bog‘lana oldi.

Ozodlikning bu qarorga sharh berishni so‘rab¸ 29 iyun kuni shirkat raisi qabulxonasi bergan nn@uzrailway.uz elektron pochtasiga yuborgan savollariga hozirga qadar javob berilmadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” tariflarni oshirgani ortidan 90 foizdan ko‘proq xususiy tegirmon to‘xtadi”

Bu ma’lumotni Ozodlikka O‘zbekiston Tegirmonchilar assotsiatsiyasiga aloqador mulozim berdi.

(Ozodlik bilan iyun oyidagi suhbatda boshqa bir mulozim mamlakatda 371 ta xususiy un tegirmoni borligini aytgan edi.)

O‘zbekiston bug‘doyi faqat davlat tegirmonlariga beriladi. Xususiy tegirmonlar¸ asosan¸ Qozog‘istondan bug‘doy olib kelib¸ uni un qilib¸ qadoqlab¸ Afg‘onistonga sotayotgan edi. O‘tgan yil oktabrida Afg‘onistonga bug‘doy va reeksport qilish boshlanib¸ bahorga kelib¸ ishlamay yotgan eski tegirmonlar ham ishga tushib¸ bu biznes rivojlana boshlagan edi. 28 may kungi qaror ularning deyarli hammasini sindirdi”¸ deydi Tegirmonchilar assotsiatsiyasiga aloqador mulozim.

Singan reeksportyor hikoyasi

17 avgust kuni Ozodlik Afg‘onistonga bug‘doy reeksport bilan shug‘ullanib kelgan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” tariflarni oshirgani ortidan singan bug‘doy reeksportchilaridan biri bilan suhbatlashdi.

Sariog‘ochdan vagonlarda bug‘doy olib kelib¸ ularni qoplarga solib¸ Hayraton orqali Afg‘onistonga sotar edim. Qo‘limda 50 odam ishlardi¸ har oy valyuta hisobimga o‘rtacha 100 ming dollardan ko‘p pul tushardi¸ soliqlarni to‘lardim. Butun biznes qonuniy¸ ochiq¸ davlat va odamlarga foydali edi. “Temir yo‘llari”ning bitta qarori bilan bankrot bo‘ldim. 28 maygacha bir vagon bug‘doy uchun 5 million 700 so‘m to‘lagan bo‘lsam¸ 29 maydan buni 17 millionga chiqarishdi. Afg‘onlar bilan shartnomaga ko‘ra¸bug‘doyni Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kelish va Afg‘oniston hududiga kirgunga qadar hamma to‘lovlarni men to‘lashim kerak edi. 28 maygacha bir tonna bug‘doyni tashish 24 dollar bo‘lgan bo‘lsa¸ endi bu 50 dollardan oshdi. Afg‘on sherigim¸ bu ko‘tarmaydi deb¸ kelishuvni bekor qildi. Hozir ishsiz o‘tiribman”¸ deydi prezident portali va Bosh prokuraturaga shikoyat qilgan tadbirkor.

O‘zbekistonda hamma yutqizdi – “Temir yo‘llari”ning o‘zi ham...

Ozodlik suhbatlashgan Qozog‘iston bug‘doyini Afg‘onistonga reeksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning tariflarni oshirganini prezident Mirziyoev targ‘ib qilayotgan iqtisodiy siyosatga zid deb baholadi.

Prezident eksport qil¸ dollar olib kel¸ deydi. Davlatga qarashli shirkat esa davlat rahbari siyosatiga qarshi ish qilib¸ eksportchini kasod qilayapti¸ minglab odamni ishsiz qoldirayapti¸ davlat tushumini kamaytirayapti. Bu faqat bizni emas¸ “Temir yo‘llari”ning o‘ziga ham ziyon keltirayapti. Tarif oshgancha¸ kuniga 10 ta vagon so‘rasam¸ zo‘rg‘a ikkita tegardi. Hozir xohlasang 10 ol deydi¸ vagonlari bo‘sh yotipti¸ undan foydalanadigan yo‘q. Stansiyalari planini bajarolmay¸ bizga yalinayapti bir narsa qilinglar deb. Biz portal chiqdik¸ ammo shikoyatimiz yana “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning o‘ziga tushayapti”¸ deydi tadbirkor.

Yutgan Turkmaniston bo‘ldi

Ozodlik suhbatdoshlarining aytishicha¸ tariflar qimmatlab¸ O‘zbekiston orqali kelayotgan Qozog‘iston bug‘doyi va undan qilingan un tannarxi qimmatlab ketishi ortidan Afg‘oniston shirkatlari bu mahsulotlarni Turkmaniston orqali arzonga olib o‘tish yo‘lini topgan.

Bu vaziyat Afganistonga yuk tashishni kamida 50 foizga kamaytirdi. O‘zbekiston orqali tranzit keskin kamaysa¸ Turkmaniston orqali ko‘paydi. Turkmanistondan Afg‘onistonga tranzit yo‘li bitta bo‘lgan bo‘lsa¸ bu gapdan keyin yana bittasi ochildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni biznes va bozorni tushunadigan odamlar boshqarganda edi¸ keyingi oylar ichida 1 million tonnadan oshiq yuk O‘zbekistonni qo‘yib¸ Turkmaniston orqali o‘tmas edi. “Temir yo‘llari” xizmat ko‘rsatuvchi shirkat – xizmatini qancha arzonlatsa¸ shuncha klienti ko‘payadi. Ham o‘ziga¸ ham boshqalarga yaxshi bo‘ladi. Bular teskari ishni qilayapti va arava-vagonlari bo‘sh yotipti. Ham o‘ziga¸ ham boshqalarga ziyon”¸ deydi O‘zbekistondagi logistika sohasi mulozimlaridan biri.

XS
SM
MD
LG