Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:59

“O‘zbekiston24” milliarder Alisher Usmonov to‘g‘risida ko‘rsatuv namoyish qildi


Alisher Usmonov
Alisher Usmonov

20 avgust oqshomida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov tadbirkor va metsenat sifatida O‘zbekistonning sanoat korxonalarini qayta tiklashga yordam berayotgani, madaniyat, sport va maorifga pul sarflayotgani to‘g‘risida hikoya qilindi.

Ko‘rsatuv mualliflariga ko‘ra, O‘zbekistondagi yagona Bekobod metallurgiya kombinati keyingi yillarda turg‘unlik davrini boshidan kechirayotgan edi. Kombinat ishlayotgan, lekin rivojlanish yo‘q edi.

2017 yili Usmonovning ko‘magi bilan kombinat boshqaruviga metallurgiya klasterini yaratish va rivojlantirish sohasida jahon miqyosidagi nufuzga ega xorijiy SFI Management Group jalb etilgani, natijada 70 mln dollardan ortiqroq mablag‘ jalb etilib kombinat mahsuloti raqobatbardoshligini oshiradigan metall komponentlar olingani haqida aytildi.

Ko‘rsatuvda Alisher Usmonovning O‘zbekistondagi boshqa bir qator loyihalardagi ishtiroki to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

“O‘zbekiston24” telekanali namoyish qilgan filьmda Alisher Usmonovning mana bu gaplari keltirilgan:

“Men o‘zbek ekanligimdan faxrlanishimni bir necha bor aytganman. Bu mening ona yurtim ekanligidan mag‘rurman. O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston rahbariyati uchun foyda keltiradigan har qanday ishni har doim, har lahzada qilishga tayyorman”.

2 may kuni Namangan viloyatiga borgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev viloyat faollari bilan uchrashuvda asli namanganlik milliarder Alisher Usmonovning o‘z vatanida sayyohlik industriyasini rivojlantirishga yordam berishini bildirgan edi.

“Alisher Usmonovni taklif qilamiz. O‘zbekiston¸ayniqsa¸ Namangan haqida gap ketsa¸ uning ko‘zlari yonadi”¸ degan prezident jumladan.

USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Rossiyaning eng badavlat shaxslaridan biri hisoblanadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqinligi aytiladigan Alisher Usmonov¸ Shavkat Mirziyoev prezidentlikka kelishi bilan o‘z tarixiy vataniga taklif qilishsa¸ biznes qilishga tayyorligini bildirgan edi.

Islom Karimov davrida O‘zbekistonda bevosita tadbirkorlik bilan shug‘ullanmagan Usmonovning Shavkat Mirziyoev bilan yaqin munosabatda ekani Toshkent rahbarining BMT Bosh assambleyasi majlisida qatnashish uchun Nyu-Yorkka qilgan safari davomida ochiq ko‘ringan edi.

O‘shanda Mirziyoev O‘zbekiston prezidentiga berilgan maxsus uchqichda emas¸ Alisher Usmonovning shaxsiy samolyotida AQShga borib-kelgan edi.

Bu fakt oshkor bo‘lishi ortidan prezident matbuot xizmati¸ Usmonov uchqichining bozor narxida ijaraga olinganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG