Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 19:04

"O‘tyuraklar klubi": Hukumat zo‘rlik ostida bedarak yo‘qolganlar taqdiriga befarq qolmoqda


"O‘tyuraklar klubi" rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva
"O‘tyuraklar klubi" rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva

Andijon shahridagi jome masjidi sobiq imomi Abduvali qori Mirzaevning bedarak yo‘qolganiga 29 avgust kuni 23 yil to‘ldi. 1995 yilning 29 avgustida Moskvaga uchishi arafasida Toshkent aeroportida g‘oyib bo‘lgan qori, “O‘tyuraklar klubi” inson huquqlari tashkiloti fikricha, “zo‘rlik ostida va g‘ayriixtiyoriy bedarak yo‘qolgan”.

"Ўтюраклар клуби": Ҳукумат зўрлик остида бедарак йўқолганлар масаласига бефарқ қолмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:07 0:00
Бевосита линк

Farg‘onada ish boshlagan va faoliyatini keyingi yillarda Fransiyada davom ettirayotgan bu tashkilot so‘nggi yillarda Abduvali qori Mirzaevga o‘xshab “zo‘rlik ostida va g‘ayriixtiyoriy bedarak yo‘qolgan” 24 kishining ro‘yxatini tuzgan.

Tashkilot rahbari Mo‘’tabar Tojiboevaning fikricha, “O‘zbekistonning qator ijobiy islohotlarni amalga oshirayotgan hukumati shu masalani - “zo‘rlik ostida va g‘ayriixtiyoriy bedarak yo‘qolganlar” masalasini e’tiborsiz qoldirmoqda.

Tojiboeva Ozodlikka bergan suhbatida Prezident Mirziyoevning Fransiyaga tashrifi oldidan bu mamlakat hukumatiga murojaatnoma yo‘llanayotganini, unda Fransiya rahbariyatidan O‘zbekiston rahbariyatiga shu masalada ta’sir o‘tkazish so‘ralganini aytdi.

Mo‘’tabar Tojiboeva bilan BMT Bosh Assambleyasining 2010 yil, 21 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan tas’sis etilgan “zo‘rlik ostida va g‘ayriixtiyoriy bedarak yo‘qolganlarni xotirlash kuni” – 30 avgustda suhbatlashdik.

Inson huquqlari sohasidagi qator xalqaro mukofotlar laureati Mo‘’tabar Tojiboeva 2005 yil mayida sodir bo‘lgan Andijon fojiasidan so‘ng hibsga olingan, 2006 yili 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va 2008 yili xalqaro tashkilotlar bosimi ostida ozod qilingan.

Keyingi yillarda Mo‘’tabar Tojiboeva Fransiya bergan siyosiy boshpanada istiqomat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG