Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:15

OzodNazar: Karimov qo‘shilmagan tashkilotga nega Mirziyoev qo‘shilmoqda?


Telejurnalist Muhammadjon Obidov prezident Islom Karimov bilan.
Telejurnalist Muhammadjon Obidov prezident Islom Karimov bilan.

Tүrkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Qirg‘izistonning tashabbusi bilan 2009 yilning 3 oktabrida Ozarbayjonda imzolangan shartnoma asosida tuzilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashiga O‘zbekiston a’zo emas, binobarin uning sammitlarida biror marta ham ishtirok etmagan.

Tashkilotning 3 sentabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvida O‘zbekiston ilk marta qatnashdi.

Каримов қўшилмаган ташкилотга нега Мирзиёев қўшилмоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:52 0:00
Бевосита линк

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi tashkilotining yangi bosh kotibi, Qozog‘iston respublikasi vakili Bahdat Amreev O‘zbekiston hozircha bu tashkilotga “yaqin orada to‘laqonli a’zo bo‘lishiga ishonishini” bildirdi.

Prezident Mirziyoevning o‘zi esa, kengash sammitida so‘zlagan nutqi davomida bunday dedi:

“Turkiy kengash doirasida o‘zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Hozirgi bosqichda uning faoliyatida mamlakatimiz uchun amaliy jihatdan qiziqish uyg‘otadigan yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishga tayyormiz”.

Xo‘sh, nima o‘zgardi? Nima uchun Islom Karimov qo‘shilmagan tashkilotga Shavkat Mirziyoev qo‘shilmoqda?

Shu va boshqa savollarni OzodNazar uzoq yillar prezident Karimovning safarlarini yoritib kelgan taniqli telejurnalist Muhammadjon Obidovga berdi.

So‘xliklar va shohimardonliklarning bugungi tashvishlariyu ertaga ish boshlayotgan yangi Jurnalistika (balki Yangi Jurnalistika) universiteti haqida ham bugungi eshittirishda so‘z bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG