Линклар

Шошилинч хабар
02 Iyun 2026, Тошкент вақти: 21:27

MXX polkovnigi Nodir To‘raqulov ishi sudga oshirildi

ОЗОДЛИК СУРИШТИРУВИ: МХХ ВА НАРКОТРАФИК (ВИДЕО)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:14 0:00

OZODLIK SURISHTIRUVI: MXX VA NARKOTRAFIK (VIDEO)

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan MXX (joriy nomi DXX - Davlat xavfsizlik xizmati) tergov boshqarmasi polkovnigi Nodir To‘raqulovga nisbatan qo‘zg‘atilgan 08/26612-18-sonli jinoyat ishi shu yilning 14 avgustida mazmunan ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Harbiy sudiga yuborildi.

Bu haqda Ozodlikka 10 sentabr kuni yuborilgan hujjat nusxasida O‘zbekiston Harbiy prokurori o‘rinbosari D. Rahmonov jinoyat ishi tergovining to‘la tamomlanib, mamlakat Jinoyat-protsessual kodeksining 388-moddasiga asosan sudga yuborilganini ma’lum qilgan.

Joriy yilning 16 fevral kuni ochilgan 26612-18-sonli jinoyat ishi doirasida Nodir To‘raqulov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi)¸ 230-moddasi (Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish)¸ 165-moddasi (Tovlamachilik ) va 168-moddasi( Firibgarlik)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Harbiy sudidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha mahkamaning yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda. Jinoyat ishi doirasida MXX zobitining Surxondaryo viloyatida amalga oshirgan jinoyatlari, xususan, reyderlik va talon-tarojga oid faktlar ko‘riladi.

Jinoyat ishi materiallarida MXX zobitining mansab vakolatidan foydalanib, Surxondaryodagi “Somat”, “Kamol Nasaf trans” shirkatlariga tegishli avtoulovlar, shuningdek, Afg‘onistondan tranzit qilingan boshqa transport vositalarini o‘zlashtirganlik faktlari mavjudligi aytiladi.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, tergov davrida MXX zobiti otasi Dilmurod To‘raqulovga rasmiylashtirgan “Mersedes-Bents” pikaplari egalariga qaytarilgan.

Sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov O‘zbekiston prezidentining 19 yanvar kuni Qiziriqdagi yig‘ilishda MXXning ayni viloyatdagi boshqarmasi faoliyatini keskin tanqid qilgani ortidan Toshkentda qamoqqa olingan edi.

To‘raqulov qamoqqa olinganidan keyin u ishlagan MXX idorasi rahbari Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartirildi¸ uni 23 yil davomida boshqarib kelgan qudratli general Rustam Inoyatov o‘rniga¸ 30 yanvar kuni mamlakat Bosh prokurori bo‘lib ishlagan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

DXX raisi Ixtiyor Abdullaev 16 mart kuni Surxondaryo viloyati hokimligida o‘z idorasi mulozimlari¸ xususan uning sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbari va sobiq hokimlar bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Bu uchrashuvda qatnashgan jabrlanuvchilardan o‘zlariga nisbatan noqonuniy harakat tutgan MXX rasmiylari¸ xususan¸ Nodir To‘raqulov to‘g‘risida aniq ko‘rsatma yozib berish so‘ralgan edi.

XS
SM
MD
LG