Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:13

Andijon shahar hokimligi mulozimi 16 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Andijon shahar hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi To‘xtamurod Qodirov 16 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olingani xabar qilindi.

Андижон шаҳар ҳокимлиги мулозими 16 минг доллар пора билан қўлга тушди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

“O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot” dasturi orqali e’lon qilingan lavhada aytilishicha, To‘xtamurod Qodirov Andijondagi "Jahon bozori" hududida bo‘sh turgan 60 kvadrat metr yer maydonidan foydalanish to‘g‘risida shahar hokimi chiqargan qarordan foydalangan.

U mazkur yer hududini mahalliy tadbirkorlardan biriga taklif qilgan hamda kerakli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 17 500 dollar pora so‘ragan.

Tadbirkor so‘ralgan poraning 16 000 dollarini berayotgan paytda Andijon shahar hokimligining bosh mutaxassisi Davlat Xavfsizlik Xizmati Andijon viloyati Boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir doirasida qo‘lga olingan.

Tergovoldi surishtiruvlarida To‘xtamurod Qodirov avval ham ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berish evaziga boshqa bir tadbirkordan 300 dollar pora olgani aniqlangan.

-16 ming AQSh dollari oldim. Men afsusdaman, to‘g‘risi. Men bunaqa bo‘ladi deb o‘ylamovdim,-deb aytgan “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan lavhada To‘xtamurod Qodirov.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi Jinoyat Kodeksining 168, 211 va 214-moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

So‘nggi kunlarda Bosh prokuratura hokimlarning muovinlari va turli bo‘limlar mutaxassislari pora bilan qo‘lga olinayotgani haqida qator xabarlarni rasman e’lon qilgani kuzatilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmatiga tayanib tarqatilgan xabarlarda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov 11 sentabr kuni sarmoyadorga yer maydoni ajratib berish uchun 400 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlanishidan avval Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan Baxtiyor Abdusamatov 2017 yilning 11 aprelida prezident Shavkat Mirziyoev o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida hayfsan olgan. Oradan bir hafta o‘tib, yuqori lavozimidan ozod etilgan va tuman hokimligiga tushirilgandi.

15 sentabr kuni Boysun tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari M.Sh. bog‘dorchilikka mo‘ljallangan 30 sotix lalmi yer uchastkasini rasmiylashtirib berish uchun 100 dollar pora olayotganda ushlagani xabar qilindi.

Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Xairov 13 iyul kuni 6000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hokim o‘rinbosari tumanda baliqchilik bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan tadbirkorga yer ajratib berish uchun yuqorida keltirilgan miqdorda pora so‘raganlikda ayblanmoqda.

12 iyul kuni mustaqil manbalar Ozodlikka Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘raev 10 iyul kuni korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG