Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2018, Тошкент вақти: 10:48

Kogonda portlagan avtobusda makkajo‘xori terimiga yollangan mardikorlar bo‘lgan


Isuzu avtobusi.

Buxoroning Kogon tumanida 26 nafar yo‘lovchini olib borayotgan avtobus portlashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 21 odam jarohatlandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Ozodlikka bildirishicha, mardikor ishchilarni Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga makkajo‘xori terimiga olib ketayotgan Isuzu avtobusi “Kogon-Qorovulbozor” yo‘nalishining 201 km.da harakatlanib ketayotganida, avtoulov gaz baloni portlagan. ​Avtohalokat sabablarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.​

Buxoro-Qorovulbozor yo‘lining Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o‘tuvchi qismida 18 sentabr kuni ertalab soat 7:45da yo‘nalishdagi Isuzu avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, yo‘lovchilarning 4 nafari hodisa joyida va bir nafari shifoxonada halok bo‘lgan.

"Qolgan 21 nafar yo‘lovchilarning 5 nafari og‘ir, 7 nafari o‘rta og‘ir hamda 9 nafari yengil ahvolda, 5 nafar og‘ir bemorlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga, qolganlari esa Kogon shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga yotqizilib, ularga shifokorlar tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 259-moddasi, 2-qismi “a”, “b” bandlari, Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

Shuningdek, “Zelich oil” metan gaz quyish shahobchasida avtomobillarga yoqilg‘i quyish normalariga rioya qilinishi ahvolini o‘rganish borasida, mutaxassislar jalb qilinib, o‘rganishlar olib borilmoqda.

Avtohalokat sabablarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, avtobus ichidagi yo‘lovchilar makkajo‘xori so‘tasini olish uchun Qorovulbozor tumaniga olib ketilayotgan mardikorlar bo‘lgan.

"Qorovulbozor tumanidagi “Rahmon Ahmad” fermer xo‘jaligi raisi R.Axmedov Vobkent tumani “Pushmon” MFY, “Xayrabodcha” qishlog‘ida yashovchi G.Roziqova tomonidan 25 nafar fuqarolardan iborat qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish uchun tashkil qilingan mavsumiy madad guruhi bilan fermer xo‘jaligida ekilgan makkajo‘xori so‘tasini olish uchun Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib ketayotgan vaqtda ushbu hodisa sodir bo‘lgan", - deyiladi Bosh prokuraturaning rasmiy bildiruvida.

Bu so‘nggi bir oy ichidagi Ozodlik xabar bergan ikkinchi avtobus halokatidir.

30 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida aksari ayollar va yosh bolalar bo‘lgan 40 nafarga yaqin mardikor ishchini meva terimiga olib borayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida kamida 7 kishi jarohatlangandi.

XS
SM
MD
LG