Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:49

Vodorodda yuruvchi ilk poezd Germaniyada yo‘lovchi tashiy boshladi


Vodorodda ishlaydigan motor.
Vodorodda ishlaydigan motor.

Dushanba kuni Germaniyada vodorod bilan yuruvchi dunyodagi birinchi poezd ishga tushdi. Fransiyaning Alstom shirkati ishlab chiqqan ikki moviy Coradia iLint poezdi Germaniya shimolidagi Kuksxafen, Bremerxafen, Bremerfyorde hamda Bukstexude shaharlari o‘rtasida qatnay boshladi. 100 km masofaga cho‘ziluvchi ushbu yo‘nalishdagi aholi punktlarini bugunga qadar dizel dvigatelli poezdlar bog‘lab turgan edi.

Alstom direktori Anri Pupar-Lafarj Bremerfyorde shahrida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida:

- Jahondagi ilk vodorod poezdi tijoriy xizmat ko‘rsatishni boshlayapti va seriyali ishlab chiqarishga tayyor, - dedi.

Atrof-muhitni zaharlamaydigan poezdlarga Bremerfyorde stansiyasida vodorod quyiladi.

Shirkat 2021 yilgacha Quyi Saksoniya shtatini 14 poezd bilan ta’minlamoqchi. Mamlakatning boshqa shtatlari ham bu poezdlarga qiziqish bildirgan.

Vodorod poezdlarning yonilg‘i elementlari vodorod va kisloroddan energiya ishlab chiqaradi. Bu jarayon yakunida faqat bug‘ va suv ajralib chiqadi.

Ishlab chiqarilgan ortiqcha energiya litiy batareyalarda saqlanadi.

Coradia iLint poezdlari bir ballon vodorod bilan taqriban 1,000 km masofani bosib o‘tadi.

Loyiha menejeri Stefan Shrank AFP agentligi bilan suhbatda:

- Tabiiyki, vodorod poezdi dizel poezdidan qimmatroq, ammo undan foydalanish arzon, - dedi.

Shirkat rasmiylarining aytishicha, boshqa davlatlar ham, jumladan, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Daniya, Norvegiya, Italiya hamda Italiya vodorod poezdlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Fransiya hukumati esa mamlakatda 2022 yilgacha ilk vodorod poezdi ishga tushirilishini istaydi.

XS
SM
MD
LG