Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 11:17

Yaponiya fazo agentligi asteroidga ikkita o‘ziyurar robot qo‘ndirdi


162173 Ryugu asteroidi
162173 Ryugu asteroidi

21 sentabr kuni Yaponiya fazo agentligi (JAXA) muvaffaqiyatli ravishda 162173 Ryugu asteroidiga ikki o‘ziyurar robotni qo‘ndirdi. Bu bilan tarixda birinchi marta asteroid sathiga o‘zi harakatlanib, surat olishga qodir robot qo‘ndirildi.

Ikki MINERVA-II1 roveri Yaponiyaning Hayabusa2 loyihasi doirasida yuborildi. Mazkur loyihadan maqsad turli robotlar yuborish orqali asteroidlar haqida ko‘proq ma’lumot to‘plashdir.

Bundan 13 yil avval ilk Hayabusa missiyasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.

Hayabusa2 loyihasi menejeri Yuichi Tsuda:

- Asteroid sathini mobil o‘rganish loyihasini muvaffaqiyatli bajarganimizdan qanchalik mamnun ekanligimni aytishga til ojiz, - dedi.

Hayabusa2 loyihasining missiya menejeri Makoto Yoshikava esa:

- Bu kichik roverlar asteroid sathini muvaffaqiyatli ravishda o‘rgana boshlaganini ko‘rib juda ta’sirlandim, chunki 13 yil oldin Hayabusa paytida buning uddasidan chiqa olmagan edik, - dedi.

MINERVA-II1 roverlari rangli tasvir olishga qodir kamera bilan jihozlangan. Rover-1A hamda Rover-1B roverlari asteroid sathidan allaqachon Yerga surat yubora boshladi.

Keyingi qadam o‘laroq asteroidning boshqa jihatlarini o‘rganish uchun yana ikki robot yuboriladi. Keyinchalik ushbu moslamalar yordamida Yerga asteroid bo‘laklarini olib kelish rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG