Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 14:20

AQShga 50 yildan beri misli ko‘rilmagan kuchli dovul yopirildi


AQSh, Florida. 2018, 10 oktabr
AQSh, Florida. 2018, 10 oktabr

“Maykl” dovuli ikki kundayoq tropik bo‘rondan 4-toifali dovulga aylanib ulgurdi. Bu AQShning materikdagi asosiy hududiga yopirilgan eng kuchli dovullardan biri ekani aytilmoqda.

“Maykl”ning kuchini ko‘rsatuvchi ba’zi raqamlarni keltirsak.

U chorshanba kuni Florida sohiliga yopirilganda “sinoptiklarni shoshirib qo‘ydi”, deydi Klorado shtati universitetining Ob-havoshunoslik fakulteti tadqiqotchisi Fil Klottsbax.

− U yo‘q joydan dam olish kunlari paydo bo‘ldi va kechaga qadar aytarli e’tiborni jalb qilmadi, − dedi u.

Shamol tezligi

“Maykl” Florida shtatiga soatiga 155 milya (250 kilometr) tezlik bilan yopirildi va 5-toifaga aylanishi uchun, bor-yo‘g‘i, 2 milya yetmadi, xolos.

Ob-havo ma’lumotlari yozib borilayotgan vaqtdan beri hech qachon oktabr oyida Qo‘shma Shtatlarning materikdagi hududiga dovul bunaqa tezlikda yopirilmagan edi.

Dovul mavsumlariga qaraladigan bo‘lsa, “Maykl” AQShning qit’adagi hududiga 1992 yilgi “Endryu” dovulidan so‘ng eng kuchli shamol bilan yopirilgani aniq bo‘ladi.

Bundan ilgari Amerikaning 1851 yildan beri ob-havo tarixida ikki marta kuchli shamolli to‘fon – 1969 va 1935 yillari – yopirilgan edi.

Dovul bosimi va o‘lchami

Meteorologlar dovul jadalligini baholash uchun markaziy bosimni o‘lchashdan foydalanadi.

Buni Klottsbax ham ma’qul ko‘radi va tarixiy taqqoslar uchun aniqroq deb biladi, chunki o‘sha bosim uchoqda uchib borilib, to‘fonning “ko‘zi”da o‘lchanadi. O‘sha yerda “shamol dovulning har yeridan ko‘ra boshqacha bo‘ladi”.

− Bosim dovulning o‘lchami haqida tushuncha beradi, − dedi u.

Shu tariqa o‘lchanganda bosim qancha kam bo‘lsa, dovul shuncha kuchli ekani aniqlanadi. Binobarin, “Maykl” 1969 yili ro‘y bergan “Kamilla” dovulidan keyingi eng kuchli dovuldir.

Zarar miqyosi qancha?

Qay tariqa o‘lchamang, “Maykl” AQShning materikdagi hududiga yopirilgan eng kuchli dovullardan biridir. Shu ma’noda u 1969 yilgi “Kamilla”, 1992 yilgi “Endryu” va 2005 yilgi “Katrina” dovullari qatorida turadi.

O‘tgan yili AQShning Karib dengizidagi orol hududi bo‘lmish Puerto-Rikoga yopirilib, uni vayron qilgan “Mariya” dovulini ham hisobdan soqit qilib bo‘lmaydi. Yaqinda olingan aniq hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘shanda 2975 kishi nobud bo‘lgan ekan. Bunga dovul bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash tizimi, elektr quvvati ta’minotidagi nosozliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yetkazilgan ziyon nuqtai nazaridan eng yuqori ko‘rsatkich 2017 yili qayd etildi. O‘shanda “Harvey” va “Irma” dovullari AQShning Karib dengizidan hududidan tashqari sohilbo‘yi shtatlariga yopirilgan edi. Ular asta-sekin harakatlanib, bir necha kun ichida kuchli yomg‘irlarni olib keldi va Hyuston singari shaharlarni suv bosdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, jami tabiiy ofatlar AQShga 2017 yili 300 milliard dollarlik ziyon yetkazdi.

Hali 2018 yili qancha ziyon ko‘rilishi ma’lum emas. “Maykl” va o‘tgan oyda ro‘y bergan “Florens” dovullarini hisobga olmasa, joriy yil nisbatan osoyishta kechmoqda.

“Maykl” dovuli yomg‘irdan ko‘ra shamol bilan ko‘proq ziyon yetkazishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG