Линклар

Шошилинч хабар
11 декабр 2023, Тошкент вақти: 20:50

Ota-onalar o‘z farzandlarini so‘kib¸ do‘pposlagan "talabchan" o‘qituvchi himoyasiga chiqdi (VIDEO)


O‘quvchilarini do‘pposlayotgan o‘qituvchi
O‘quvchilarini do‘pposlayotgan o‘qituvchi

O‘z o‘quvchilarini qatorasiga terib, haqoratli so‘zlar bilan birma-bir do‘pposlagan namanganlik kollej o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi.

Namangan Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji​ ​o‘qituvchisi Farhod Karimov o‘quvchilarni sababsiz dars qoldirganini pesh qilib, ruscha so‘zlar bilan haqorat qilayotgani va do‘pposlayotgani aks etgan video 27 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan edi.

Ayni paytda ayrim ota-onalar o‘qituvchi "qattiqqo‘l va talabchan" ekanini aytib, kollej rahbariyatiga uni ishga qaytarishni so‘rab murojaat etgan.

Ozodlik suhbatlashgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mulozimiga ko‘ra, voqea joriy yilning 25 oktabr kuni kasb-hunar kollejida bo‘lgan.

27 oktabr kuni kollej o‘qituvchisi o‘quvchilarini kaltaklashi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlar va Ozodlik Facebook kanalida tarqalishi ortidan ayni voqea yuzasidan kollejda yig‘ilish o‘tkazilgan va xodimlardan bunday holatlarni takrorlamaslik talab qilingan.

10 yildan ko‘proq pedagogik tajribaga iqtisodiyot o‘qituvchisi Farhod Karimov bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Namangan shahridagi Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining ismini aytishni istamagan mulozimi o‘qituvchining ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.

- Unga intizomiy chora qo‘llanilib, ishdan bo‘shatildi. Qolgan o‘qituvchilar bunday xatti-harakatlar qabul qilib bo‘lmas hol ekani haqida ogohlantirildi, - dedi kollej mulozimi.

Ayni paytda ayrim ota-onalar o‘qituvchi "qattiqqo‘l va talabchan" ekanini aytib, kollej rahbariyatiga uni ishga qaytarishni so‘rab murojaat etgan.

"Talabchan muallim"

O‘g‘li Namangan shahridagi Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida o‘qiydigan ota-onalardan biri Ozodlik bilan suhbatda ishdan bo‘shatilgan muallim kollejning eng talabchan muallimlaridan ekanini aytadi.

- O‘zi juda yaxshi odam. Juda qattiqqo‘l va talabchan. U ham bolalar sababsiz darsni qoldirmasin, deb jon kuydiryapti-da. Hozir biz, o‘nga yaqin ota-ona, kollej rahbariyatiga shu o‘qituvchini ishga qaytarishni so‘rab murojaat qildik, - deydi ismi sir qolishini so‘ragan namanganlik kollej o‘quvchisining onasi.

Ayni paytda namanganlik boshqa bir ona o‘quvchilariga qo‘l ko‘taradigan muallimga kollejda o‘rin bo‘lmasligi kerakligini aytadi.

- Men shu videoni ko‘rdim. Aytib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan bolalarni haqoratlayapti. Pedagog bolalarni yetaklovchi bo‘ladi. Shumi bizda o‘qituvchi? Bunday tarbiya beradigan pedagoglardan kelajakda kim chiqishini tasavvur qilish qiyin emas, - deydi namanganlik boshqa bir kollej o‘quvchisining onasi.

Qo‘rqib qoldim

Boshqa maktab va kollejlarda ham o‘qituvchilar o‘quvchilarini do‘pposlayotgani yoki haqoratlayotgani aks etgan videolar internetda bundan oldin ham tarqalgan.

O‘tgan hafta Toshkent shahar, Chilonzor tumani militsiyasi poytaxtdagi 164-sonli maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kaltaklagani yuzasidan tergov boshlagandi.

O‘quvchining onasi da’vosicha, o‘qituvchi farzandini so‘nggi bir oy ichida kamida ikki marta ayovsiz kaltaklagan.

O‘qituvchi birinchi holat yuzasidan bolaning ota-onasidan kechirim so‘ragan va boshqa qaytarilmasligini va’da qilgach, u jazosiz qolgan.

Lekin kaltaklash ikkinchi marta ro‘y bergach, bolaning onasi muallimga nisbatan jazo ko‘rilishini talab qilib, huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilgandi.

Kaltaklangan 1-sinf o‘quvchisining onasi Aziza Muhamedova Ozodlik bilan suhbatda shunday deydi:

- Xalq ta’limi vazirligidagilar qayoqqa qarayapti. Men shikoyat qilib borsam "bolang tirikku, shukur qilmaysanmi", deb aytishyapti. Maktab direktori ham o‘qituvchining yonini olyapti. Hozir bolamni maktabga yuborishga ham qo‘rqib qoldim, - deydi Aziza Muhamedova.

O‘tgan hafta Toshkentdagi boshqa bir maktabda o‘quvchi dars paytida fizika o‘qituvchisini urib, burnini sindirgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG