Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:49

Muhammad Solihning 16 fevral portlashlariga aloqasi yo‘qligi aytilgan maqolani bosgan gazeta sotuvdan olindi


1999 yilning 16 fevralida Toshkentda sodir etilgan portlashlar ortidan Karimovning taniqli muxoliflari¸ xususan¸ shoir va 1991 yilgi prezident saylovlaridagi ikkinchi nomzod Muhammad Solihga qarshi jinoyat ishi ochildi¸ o‘nlab muxolifatchi qamoqqa tashlandi.
1999 yilning 16 fevralida Toshkentda sodir etilgan portlashlar ortidan Karimovning taniqli muxoliflari¸ xususan¸ shoir va 1991 yilgi prezident saylovlaridagi ikkinchi nomzod Muhammad Solihga qarshi jinoyat ishi ochildi¸ o‘nlab muxolifatchi qamoqqa tashlandi.

Taniqli adib va sobiq siyosiy mahkum Mamadali Mahmudovning "Qorong‘u tunda chaqnagan chaqmoqlar" sarlavhali maqolasi e’lon qilingan "Adabiyot" gazetasining 1 noyabr kungi soni¸ bu maqolani chop etish jarayonida bevosita qatnashgan jurnalist¸ noshir va muallifga ko‘ra¸ sotuvdan yig‘ishtirib olingan.

Adibning 2001 yilda yopiq sud zalidan dunyo jamoatchiligiga yo‘llagan maktubi asosida yozilgan maqolada muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi yetakchisi, shoir Muhammad Solihning 1999 yilgi Toshkent portlashlariga aloqasi yo‘qligi aytilgan.

Ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan toshkentlik jurnalistlardan biri “Adabiyot” gazetasining Mamadali Mahmudov maqolasi bosilgan soni sotuvga chiqarilishi bilan yig‘ishtirilib olinganini aytdi.

- Gazetaning shu soni hozir qo‘limda. Bugun ertalabdan sotuvga chiqqandi. Lekin, darrov yig‘ishtirib olingan. 10 ming tirajda chiqqan gazetaning 500 donasigina sotilgan ekan, - dedi bu ma’lumotni sizdirgani oshkor bo‘lsa¸ lavozimidan ajrashidan cho‘chib¸ ismi sir qolishini so‘ragan jurnalist.

Ayni paytda “Adabiyot” gazetasining 1 noyabr kungi soni ayrim gazetxonlar qo‘liga yetib borgan.

“Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karimov Ozodlik bilan suhbatda gazetaning 1 noyabr kungi 16-17 soni sotuvga chiqmaganini tasdiqladi.

- Shu soni sotuvga chiqmadi. Mamadali Mahmudovga bag‘ishlangan qismi bo‘lgani uchunmi, anig‘i noma’lum hali. O‘zbekistonda “Matbuot tarqatuvchi” degan idora bor. Ulardan surishtirib ko‘ramiz, nima bo‘lganini. Hozir gazetani o‘zimizda ushlab turibmiz, shu oyning boshida sotuvga chiqaramiz, deb umid qilayapmiz, - dedi Baxtiyor Karimov.

Adibning 2001 yilda yopiq sud zalidan dunyo jamoatchiligiga yo‘llagan maktubi asosida yozilgan maqolada muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi yetakchisi, shoir Muhammad Solihning 1999 yilgi Toshkent portlashlariga aloqasi yo‘q, degan mujda bitilgan edi.
Adibning 2001 yilda yopiq sud zalidan dunyo jamoatchiligiga yo‘llagan maktubi asosida yozilgan maqolada muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi yetakchisi, shoir Muhammad Solihning 1999 yilgi Toshkent portlashlariga aloqasi yo‘q, degan mujda bitilgan edi.

Ayni paytda “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karimov gazetaning 1 noyabr kungi soni sotuvga chiqmay qolganida siyosiy sabab yo‘qligini ta’kidladi.

- Mamadali Mahmudovga hozir hukumatning munosabati yaxshi. U kishi haqida film ham ishlandi. Hukumat tashabbusi bilan ishlangan bu film yaqinda namoyish etiladi, - dedi Karimov.

“Adabiyot” gazetasining sotuvdan yig‘ishtirib olingan sonida bosilgan Mamadali Mahmudov maqolasida¸ muallifning Ozodlikka aytishicha¸ “Erk” demokratik partiyasi yetakchisi, shoir Muhammad Solihning 1999 yilgi Toshkent portlashlariga aloqasi yo‘q¸ degan fikr yozilgan.

Maqolada muallif shunday yozadi: "16 fevral voqeasini kim qilgan? Kimlar? Bu asl haqiqat bir kuni ochilar ham. Albatta ochiladi. Lekin, bunda Muhammad Solihning qo‘li yo‘q. Shoir odam, o‘z millatini o‘zidan ham ortiq sevadigan odam bunday qilmaydi".

“Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karimov buni tasdiqladi.

- To‘g‘ri Mamadali Mahmudovning bu maqolasida Muhammad Solihning 1999 yilgi Toshkent portlashlariga aloqasi yo‘qligi aytilgan, biz buni bosganmiz va birinchi marta shu o‘zbek matbuotida Muhammad Solihning 16 fevral portlashlariga aloqasi yo‘qligini alohida ta’kidlab berdim, - dedi “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karimov.

Taniqli adib va sobiq siyosiy mahkum Mamadali Mahmudov “Adabiyot” gazetasida bosilgan 2001 yildagi yopiq sud zalidan dunyo jamoatchiligiga yo‘llagan maktubi o‘zbek gazetxonlariga yetib borishiga umid qilayotganini aytdi.

- “Qorong‘u tunda chaqnagan chaqmoqlar” degan maqola. Men buni 2001 yilda sud zalida yozganman. Mening boshimga qop kiygizib o‘g‘irlab ketishgani, noma’lum qamoqxonada bir yarim oy saqlanganim haqida. Bu maqolada men o‘sha paytda Muhammad Solihning portlashlarga umuman aloqasi yo‘qligi haqida aytganim yozilgan. O‘shanda men hali vaqt keladi, kim portlatgani ochiladi, deb aytganman. Yuz foiz kafolat beraman Solihning hech qanaqa aloqasi yo‘q deganman va shu maqolada bu haqda yozganman, - deydi Mamadali Mahmudov.

75 yoshli Mamadali Mahmudov 14 yil O‘zbekiston qamoqxonasida o‘tirdi.

Yozuvchi 1999 yilgi 16 fevraldagi Toshkent portlashlariga aloqadorlik aybi bilan portlashlardan 10 kun o‘tib hibsga olindi va 14 yilga hukm etildi.

Mamadali Mahmudov 2013 yilda qamoqdan ozod etildi.

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral voqealariga aloqadorlikda ayblanib, yuzlab kishilar ozodlikdan mahrum etilgan.

Ko‘plab inson huquqlari faollari fevral portlashlari aslida hukumatning siyosiy muxoliflarini yo‘q qilishiga qo‘l kelganini ta’kidlashadi.

Jumladan, "Erk" demokratik partiyasining rahbari Muhammad Solih mazkur portlashlarni uyushtirishda aybdor deb topilib, sirtdan 16 yillik qamoqqa hukm qilingandi.

XS
SM
MD
LG