Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:13

Andijonda o‘qituvchilar ish kunlari choyshab tikish¸ dam olish kuni esa¸ paxta terishga majburlanmoqda


Bu suratni yuborgan izboskanliklarga ko‘ra¸ suratdagi ayollar o‘qituvchilar va ular Andijon shahar Istiqlol ko‘chasidagi xususiy tikuv sexida choyshab tikmoqda.
Bu suratni yuborgan izboskanliklarga ko‘ra¸ suratdagi ayollar o‘qituvchilar va ular Andijon shahar Istiqlol ko‘chasidagi xususiy tikuv sexida choyshab tikmoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab majburiy mehnat¸ xususan¸ ta’lim tizimi xodimlarining paxta terimiga jalb etilishi bilan bog‘liq holatlarga qarshi rasmiy tashviqot kampaniyasi borayotgan ayni kezlarda¸ Andijon shahri va tumanlaridagi yuzlab o‘qituvchi ko‘zdan panada choyshab va ko‘rpa jildi tikishga majburlanmoqda.

Ozodlikka jarayonning bevosita guvohlaridan yuborilgan bu ma’lumotni Andijon viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rasmiysi¸ shahardagi ayrim maktablar o‘qituvchilari¸ shuningdek Izboskan tumanidagi maktab direktorlaridan bir nechtasi tasdiqladi.

Bevosita hokimlar bosimi ostida bo‘layotgan majburiy mehnat haqida matbuotga ochiq gapirsa ishidan ajrab qolishidan cho‘chigan Ozodlik manbalari o‘z shaxsi sir qolishini so‘radilar.

Ozodlik gaplashgan Izboskan tuman Xalq ta’limi bo‘limi mutasaddisi bu ma’lumotni rad etishga urinib¸ “uni tikuv sexida o‘qituvchilar uchun uyushtirilgan seminar” deb atadi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati esa¸ ushbu shikoyat jiddiy o‘rganib chiqilishini bildirdi.

Tikuvchilikka "o‘rgatilgan" o‘qituvchi va zavuchlar...

Andijon viloyat Xalq ta’limi bo‘limi mulozimlaridan biri Ozodlikka ta’lim sohasi xizmatchilarining tikuvchilikka majburlanayotgani tashabbuschisi shahar hokimi Dilmurod Rahmatullaev ekanini iddao qildi.

Shaharning Istiqlol mahallasidagi eski uylar buzilib¸bu yerdagilarga Xo‘jaobod yo‘lidagi Qozoq mahalladan kottej uylar qurib berildi. Bularning ko‘pchiligi kam ta’minlangan oilalar. Shu oilalarning ayollariga ishlab¸ qurilgan uylarning oylik ipotekasini to‘lashi uchun eski Sharq kinoteatrini tikuv sexi qilib berishdi. Egasi bir tadbirkor yigit. Istiqlol mahalladagi ayollarning ko‘pi sexga chiqmaydi - ko‘chada sigaret¸ dori sotadi ular. Sexdagi tikuv mashinalarining ko‘pi bo‘sh turganidan keyin¸ shahar hokimi Rahmatullaev¸ sexni to‘ldirishni yana o‘qituvchilarga yukladi”¸ deydi ta’lim tizimi rasmiysi shaxsi sir qolish sharti bilan.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ Rahmatullaev shahar Xalq ta’limi bo‘limi rahbari orqali maktab direktorlariga sexga ayol topib kelish¸ topmasa¸ o‘zi chiqib¸ choyshab-ko‘rpa jildi va matras tikish haqida og‘zaki buyruq bergan va bu jarayon qariyb ikki oydan beri davom etmoqda.

Rahmatullaevning bu tashabbusi rayonlarga tarqadi va hozir rayonlardan yuborilgan o‘qituvchilar majburan tikuvchilik qilmoqda”¸ dedi bu manba.

Ozodlik bu iddaolar yuzasidan izoh so‘rab Andijon shahar hokimligiga murojaat qildi. O‘zini hokimlik binosi “oxranasi” xodimi deb tanishtirgan shaxs¸ butun boshli hokimlik binosida mas’ullardan hech kim yo‘qligi – "hammaning bugun (2 noyabr ) tongdan paxtaga ketgani"ni bildirdi.

Rahmatullaev tashabbusi tumanlarga ko‘chdi...

Isboskan tumanidagi maktablardan birining direktori Ozodlik bilan suhbatda bundan ikki hafta oldin tuman Xalq ta’limi bo‘limi rahbari Sardor G‘afurov tumandagi o‘ndan oshiq maktab rahbariga Andijon shahridagi tikuv tsexiga o‘qituvchi yuborishni buyurganini aytadi.

“G‘afurovning o‘zi Farg‘onada o‘qishda edi. 45-maktab direktori G‘afurovning xotini. Gulmira G‘afurova va 6,14, 3, 45-maktab direktorlari 34 va 26-maktab zavuchlari bilan bosh bo‘lib¸ 22 oktabrdan 1, 17, 18, 19, 23, 26, 30, 4, 42, 9, 10-maktab o‘qituvchilarini Damasga bosib¸ Yangibozordagi tikuv sexiga olib borishdi. Bu ish 23 va 24 oktabr kunlari xam davom etganini aniq bilaman. Har kun 4 dan 7 gacha ishlatishdi. Ularga Andijonga nimaga ketishayotganini ham aytishmadi. Sexda 10-maktab o‘qituvchisining davleniesi oshib¸ Tez yordam chaqirtirishdi. Videolari ham bor. Rasm va video borligini bilib¸shanba kundan beri to‘xtatishdi”¸ dedi tumandagi maktablardan biri direktori.

Suratdagi choyshablar taxlamidan¸ uning "yarim soatlik o‘quv seminari" emasligini anglash qiyin emas.
Suratdagi choyshablar taxlamidan¸ uning "yarim soatlik o‘quv seminari" emasligini anglash qiyin emas.

( Bu suratni yuborgan izboskanliklar¸ majburiy mehnat holatlari bo‘yicha tegishli idoralar xolis tekshiruv o‘tkazgan taqdirda¸ qo‘shimcha faktlar¸ xususan¸ suratlardagi har bir o‘qituvchi ayolning shaxsini aniqlab berishni bildirdilar.)

Избоскан туманидан келган видео
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:36 0:00

(Bu videoni yuborgan izboskanliklar¸ tez yordam mashinasida olib ketilayotgan bemorning 10-maktab o‘qituvchisi ekani¸ ovoz egasi esa¸ shu maktab direktori o‘rinbosari ekanini bildirishdi.)

Ozodlikka aytilishicha¸ Izboskan Xalq ta’limi bo‘limining Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Dilshod Jo‘raboev o‘qituvchilarni majburiy mehnatga olib chiqish noqonuniy harakat ekanini aytishi ortidan¸ ishdan bo‘shatilgan.

Kadrlar boshlig‘i e’tiroz bildirgan edi¸ G‘afurov bolnichniyda yotgan odamni ishdan bo‘shatdi. Hozir hamma direktorlarni bu haqda og‘iz ochsang¸ haydayman¸ deb ogohlantirgan¸ hamma qo‘rqib qolgan. Ertaga tekshiruv kelsa¸ bular qo‘rqqanidan "bizni hech kim majburlamadi" deyishga tayyor bo‘p turibdi”¸ deydi Izboskandagi maktab direktorlaridan biri.

Ozodlik o‘zi va o‘qituvchilari Andijondagi tikuv sexida kamida besh kun choyshab tikkan maktab direktorlaridan bir necha nafari bilan bog‘landi. Majburiy mehnat haqidagi Ozodlik savolini eshitib¸ qattiq asabiylashgan bu direktor ayollar¸ bunday voqeadan “xabarlari yo‘qligi”ni aytib¸ suhbatni qisqa qilishdi.

"Tikuv sexida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti"

Izboskan tuman Xalq ta’limi bo‘limi raisi o‘rinbosari Ozodlik bilan suhbatda mehnat o‘qituvchilari va maktab rahbarlarining Andijon shahridagi tikuv sexiga olib borilganini inkor qilmadi.

Ayni paytda bu mutasaddi¸ buni bir martalik “o‘quv seminari” deb taqdim qilishga urindi.

Bizda 10-11 sinflarda UPK yo‘nalishi bor. Shunga bir qator o‘qituvchilarni o‘quv seminariga o‘xshab¸ tikuv sexiga obordik. Qiziqqanlar o‘zlari borib¸ mashinkalarni ko‘rib¸ tushunchaga ega bo‘lib qaytishdi. Bu faqat bir marta bo‘ldi¸ ma’naviyat bo‘limimiz rahbari olib borib¸ ko‘rsatib kelishdi. Hech qanaqa majburiy mehnat yo‘q bu yerda”¸ dedi Izboskan tuman Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i muovini.

Ayni paytda bu rasmiy “bir martalik¸ yarim soatlik o‘quv seminari”ning qaynan qaysi kuni bo‘lgani¸ unga nechta o‘qituvchi jalb etilgani¸ direktor va muovinlarning bu sexga nega borganiga izoh bera olmadi.

O‘qituvchilarni hokimiyat bosimidan himoyalash¸ xususan¸ ularning o‘z kasbiy faoliyatiga aloqasi yo‘q ishlar va majlislardan ozod qilish haqida baënot berib kelayotgan Xalq ta’limi vazirligining Ozodlik bog‘langan rasmiysi¸ bu holatdan xabari yo‘qligini bildirdi. Ayni paytda¸ bu ma’lumot e’tiborsiz qoldirilmasligini ta’kidladi:

- Siz aytgan ma’lumotni o‘rganish uchun vazirligimiz qoshidagi Nazorat-huquqiy inspeksiyamizga beramiz. Ular buni o‘rganib¸ keyin xulosasini bildiradi. Bunga qancha vaqt ketishini bilmayman¸ dedi vazirlik matbuot xizmati rasmiysi.

(Ozodlik bu xulosa tayyor bo‘lishi bilan¸ uning xulosasini e’lon qilishga tayyor.)

"O‘qituvchining dam olishga haqqi bormi?"

Ozodlik bilan shaxsi sir qolish sharti bilan gaplashgan izboskanlik maktab direktorlari¸ ish kunlarida bepul tikuvchilik qilishga majburlangan o‘qituvchilarning har yakshanba kuni go‘yo o‘z ixtiyorlari bilan paxta terishga chiqishga majburlanayotganini ham qo‘shimcha qildilar.

Prezident Shavkat Mirziyoev Oqqo‘rg‘on voqeasi ortidan 29 oktabr kuni "barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmon qabul qildi".

Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzaev Zoyir ishdan olingan rasmiy hujjatda¸ prezident matbuot xizmatining yozishicha¸ "O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga qishloq xo‘jaligi ishlari chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan."

Алоқадор

XS
SM
MD
LG